Viktor Kanaryov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Viktor Pavlovich Kanaryov (1907.10.3, Qoʻqon — 1965) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1927 yildan Harbiy dengiz flotida. 1929-yil Harbiy dengiz aviatsiya bilim yurtini, 1936-yil Oliy uchish-taktika maktabini tugatgan. 1941-yildan frontda. 5-gvardiyachi aviatsiya polki (Harbiy havo kuchlari Qora dengiz flotining 1-mina torpeda aviatsiya diviziyasi) komandiri. U komandirlik qilgan polk jangda katta jasorat koʻrsatgan. 1944-yil 16-mayda gvardiyachi podpolkovnik K. Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Urushdan soʻng Harbiy dengiz floti aviatsiyasida xizmatni davom ettirgan. 1961 yildan isteʼfoda. Qoʻqondagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil