Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya marafoni/Baholash tartibi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baholash tartibiga qoʻshimcha kiritish[manbasini tahrirlash]

Xayrli kun! Mana, „WikiStipendiya“ marafoni ham oʻz yakuniga yetdi. Fountainga kiritilgan maqolalarni baholash bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Boshidan berib eʼtirof etib kelayotganimizdek, biz uchun sondan ham sifat muhim. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, statusli maqola (yaʼni, tanlangan, yaxshi hamda xushsifat maqola) yaratgan foydalanuvchilarga quyidagi tarzda qoʻshimcha ball berishni taklif qilaman:

  1. Har bir tanlangan maqola uchun qoʻshimcha 300 ball
  2. Har bir yaxshi maqola uchun qoʻshimcha 200 ball
  3. Har bir xushsifat maqola uchun qoʻshimcha 100 ball.

Sababi, maqola status olishi uchun juda koʻp vaqt va mehnat talab qilinadi. Bu masalada faqat hakamlar fikr bildirishini soʻrab qolaman. Alpasli, Amir.Temur, Artemev Nikolay, Casual, Gayrat98, Jamshid Nurkulov, Kagansky, Laziz Baxtiyorov, Malikxan, MiroJP, MirshohidIsmatov, Mirzoulug'bek, Muxriddin Azimov, Najot0809, Nataeva, Panda D, PlanespotterA320, Umarxon III, Xusinboy Bekchanov. Nataev munozara 16:12, 24-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman. Judayam dono va adolatli fikr. — Kagansky (munozarasi) 16:14, 24-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. Har kim mehnatiga yarasha ragʻbatlantirilishi kerak. Lazizbek munozara 16:20, 24-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. keyingi marafonlarga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatadigan adolatli qaror — Alpasli (munozara) 16:25, 24-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Sifat uchun mehnat qilganlar, albatta mehnatiga yarasha baho olishi adolatli — Muxriddin Azimov (munozara) 17:07, 24-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. Mana shu adolatdan boʻladi. Har bir ishtirokchi harakati va mehnatiga yarasha baho olishi zarur. Bu esa keyingi marafonlarda ishtirok etmoqchi boʻlgan yangi foydalanuvchilarga oʻz tʼasirini oʻtkazib, Oʻzbekcha Vikipediyaga xushsifat, yaxshi, tanlanishga arziydigan maqolar kiritishiga turtki boʻladi. --MirzoUlugʻBek 18:01, 24-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. Eng faol va fidoyilar uchun motivatsiya. Umarjon Rahimov (munozara) 18:39, 24-Dekabr 2022 (UTC).[javob berish]
  7.  Roziman. Statusli maqola yaratish uchun oʻz vaqtini ayamagan ishtirokchilarga ball qoʻshilishi oqilona taklif. Chunki marafondagi raqiblari maqola sonini koʻpaytirish uchun vaqtni gʻanimat bilgan bir paytda statusli maqola yozish uchun koʻp vaqt sarflash oson tanlov emas. Jamshid Nurqul (munozara) 21:40, 24-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  8.  Roziman. Yaxshi fikr. Malikxan munozara 04:13, 25-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  9.  Roziman. Hozirgi damda fountain foydalanuvchilari adolatli hakamlar borligini bilib keyingi marafonlarda qatnashishga motivatsiya topa olishiga shu bilan erishish mumkinligiga ishonaman. Qayrat Sultan (munozara) 04:16, 25-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  10.  Roziman. Eng toʻgʻri qaror. Yangi foydalanuvchi uchun oddiy maqola yaratishning oʻzi koʻp vaqt va mahnat talab qiladi. TM, YM, XM yaratish uchun esa yanada koʻproq mehnat qilish kerak. --Nataeva munozara 04:28, 25-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  11.  Roziman. Bu yaxshi fikr chunki marafon ishtirokchilari bunga ball berilmasligini bilsada statusli maqola yaratib vaqtlarini shunga sarflashga! — Najot0809 (munozara) 05:48, 25-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  12.  Roziman. Kerakli va o‘rinli qaror, eng muhimi sifat bo‘lishi kerak. -Kamol Azzam (munozara) 09:33, 25-Dekabr 20222 (UTC)
  13.  Roziman. Judayam yaxshi boʻlar edi. Eng toʻgʻri qaror. Shunda bu sifatli va statusli maqolalarning ham soni koʻpayishiga yaxshigina taʼsir qiladi. Miss Kamola (munozara) 17:27, 25-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]
  14.  Roziman. Yaxshi bo‘lar edi. Hilola Jurakulova (munozara)

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Natija[manbasini tahrirlash]

 Bajarildi. Natija chiqarishda quqorida taklif qilingan qoidalarga amal qilamiz. Nataev munozara 05:00, 26-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]