Vikipediya:Xatolar haqida xabarlar/arxiv1
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Tekshirib koʻrish uchun joʻnatyapman.
Xabar muallifi: Xusinboy Bekchanov (munozara) 05:24, 9 mart 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Ushbu Sahifa nomi "Urganch Davlat Universiteti" bo'lishi kerak edi. Iltimos, uni o'zgartirib beringlar, biz unga qo'shimchalar kiritamiz.
Xabar muallifi: Elmurod1202 (munozara) 11:40, 11 mart 2014 (UTC)
Xabaringiz uchun rahmat, maqola endi universitet saytida koʻrsatilganidek Urganch davlat universiteti deb koʻchirildi. Abdulla munozara 12:57, 11 mart 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Tsukerbergga-"Zukerberg"&"Sukerberg"
Xabar muallifi: Abduvaliyev. X 91.234.219.166 15:10, 25 mart 2014 (UTC)
- Oʻzingiz toʻgʻirlaganingiz yaxshi boʻlibdi --Xusinboy Bekchanov (munozara) 17:35, 25 mart 2014 (UTC).
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tad-birlarning(tad-birlarning so'zida tirega xojat yo'q) foydali natijalar beri-shi,(berishi so'zida tirega xojat yo'q) olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurelarni(resurelarning emas resurslarning) qoʻllagan holda eng yuqori i.ch. haj-miga erishishga sabab boʻlgan i.ch. omillari, resurelar(resurelar emas resurslar) sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. I.ch.s. korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsa-tadi.(ko'rsa-tadi so'zida tirega xojat yo'q) Miqsoriy(miqsoriy emas mirdoriy) jihatdan I.ch.s.ni mahsulot i.ch. uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekinmehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, I.ch.s. mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; i.ch. vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda I.ch . s.ning umumlashgan koʻrsatkichi tovar i.ch. surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashkari(tashkari emas tashqari) puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. I.ch.s.texnik samaradorlik (i.ch. hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mexnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurelar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurelar, foyda) hisobiga shakllanadi.
I.ch.s. hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana kanday(kanday emas qanday) omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat.
Xabar muallifi: miss little star)) ziyoda 217.29.118.82 09:26, 10-Aprel 2014 (UTC)
- Xabar uchun rahmat. Maqoladagi qisqartmalarni kengaytirib, imlosini tuzatdim. Yana qanday xatosi bor? Abdulla munozara 11:17, 10-Aprel 2014 (UTC)
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasidan olingan maqolalarning barchasida shunaqa kamchiliklar bor. Sababi ensikopediyaning bosma nusxasidagi maqolalar maxsus dastur yordamida elektron formatda saqlanilayotganida mashina koʻplab xatolarga yoʻl qoʻygan. Keraksiz joyda chiziqchalarning chiqib qolishi sababi bosma nusxada soʻzlarning boʻgʻinga koʻchirib yozilganidir. Nataev munozara 04:14, 4-may 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Феврол
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
nega cho'pon ota haqida malumo yuk
Xabar muallifi: jasur shukurov 5.18.84.64 22:31, 19-may 2014 (UTC)
- Maqola sal boshqacharoq nomlangan ekan, yoʻnaltirdim --Xusinboy Bekchanov (munozara) 03:23, 24-may 2014 (UTC).
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
http://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:Loyiha:Bilasizmi Amerikalik rock musiqachi Jimi Hendrix „Samarkand“'da vafot etgan.
http://uz.wikipedia.org/wiki/Jimi_Hendrix
Vafoti joyi: Kensington, London, Angliya
qaysi malumot tugri? Aniqlik kiriting
Xabar muallifi: zerocool 85.13.90.1 20:21, 3-Avgust 2014 (UTC)
- Samarkand soʻzi qoʻshtirnoq ichida yozilgan, yaʼni "Samarkand" nomli mehmonxonada vafot etgan --Xusinboy Bekchanov (munozara) 17:34, 18-Avgust 2014 (UTC).
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
На странице есть грамматическая ошибка - на втором абзаце слово nashr написано как nashq....
Xabar muallifi: Lutfulla 195.158.25.14 05:20, 30-sentabr 2014 (UTC)
- Rahmat. tuzatildi: https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%BBzbekiston_milliy_ensiklopediyasi&curid=24309&diff=1631341&oldid=1621250 --Xusinboy Bekchanov (munozara) 18:23, 30-sentabr 2014 (UTC).
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Temuriylar sulolasi nomli jadvalda kattagina xatolik mavjud. Jadvalni qayta ishlash kerak. Hukmdorlar va yillar notoʻgʻri berilgan. 1449-yilda Bobur nima qiladi. Uni tahrirlamoqchi boʻldim lekin qanday tahrirlashni bilolmadim. Temuriylarga oid maqolalarni qayta koʻrib chiqish, maʼlumotlar bilan boyitish va hammasini jamlash lozim. Eng avvalo, Temuriylar haqidagi maqolalarni tuzatish va yaxshilab tahrir qilishni niyat qilganman. Vikipediyada yangi boʻlganim uchun hali yaxshi tushunmayapman. Yordam va tushuntirish bermoqchi boʻlganlar boʻlsa, xursand boʻlardim.
Xabar muallifi: Chustiy (munozara) 16:24, 12-oktabr 2014 (UTC)
- Salom! Mana bu andozani nazarda tutayapsizmi? Aftidan andozada temuriylarning hukm surgan yillari berilgan, yashagan yillari emas. Masalan, Amir Temur 1370-yildan 1405-yilgacha hukm surgani rost. Qolganlarini boʻlsa tekshirib koʻrish kerak. Nataev munozara 04:52, 13-oktabr 2014 (UTC)
Temuriylarning hukm surgan yillari notoʻgʻri berilgan-da. Bobur 1449-yilda hukmronlik qilishi mumkin emas. Tugʻilmasidan naq 35 yil oldin taxtga oʻtirmagan har holda. Boshqa hukmdorlar haqidagi malumotlar ham unchalik toʻgʻri emas Tarix darsliklariyoki ensiklopediya asosida tahrirlash kerak. Qanday tahrirlashni bilolmadim. — Bu xabarni Chustiy (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- Bu yerda nima tushunarsiz? Ahmoqqa ham ayon u yerda yozilganlar. Bobur hukm surgan yillarni oʻzgartirish uchun [[Bobur, Zahiriddin Muhammad|Bobur]] (1449 - 1457) deb yozilgan joyda (1449 — 1457) sanalarini tahrir qilish kerakligini qanday „bilolmaslik“ mumkin? Notoʻgʻri sanalarni ishonchli manbalarga asoslanib bemalol oʻzgartirishingiz mumkin. Nataev munozara 13:53, 13-oktabr 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Olmos (ShFY) haqidagi maqolani hali tugatishga ulgurmay saqlab qo'ygandim. Keltirish uchun aniq manba qidirayotganimda maqola o'chirib tashlanibdi. Aniq faktlar keltirish uchun ma'lumot izlab, endi topdim deganda qarasam maqolani o'chirvoribsiz. Endi qaytadan yozishga to'g'ri keladi. Vikipediyada manbasiz va noensiklopedik usulda yozilgan oʻzbekcha maqolalar tiqilib yotibdi. Administratorlar faqat o'zlariga yoqmagan maqolalarni o'chirishadimi? Buni qayerga yozishni bilmaganim uchun maqolani oʻchirgan administrator sahifasida xato haqida xabar berish boʻlimiga yozdim. Xabar muallifi: Chustiy (munozara) 16:37, 12-oktabr 2014 (UTC)
- Salom! Maqolani yaratishdan avval manba topish kerak. Keyin siz taklif qilgan maqola nomi tushunarsiz. Shahar nomida „ShFY“ning nima keragi bor? Qanday maʼnoga ega bu qisqartma? Vikipediyada ensiklopedik uslubda yozilmagan maqolalarning koʻpligi yana shunaqa maqolalar yaratish kerak degani emas. Administratorlar Vikipediya qoidalariga asoslanib yozilmagan maqolalarni oʻchirishadi. Bu kabi muhokamalar munozara sahifalarida olib boriladi. Aynan menga har qanday savolingiz boʻlsa munozara sahifamda yozib qoldiring.
- Matnni qaytadan yozishingiz shart emas. Administrator sifatida oʻchirilgan maqola matnini ham koʻra olaman. Mana siz yozgan maqola matni:
<!-- BU MATNNI SHUNDAYLIGICHA QOLDIRMANG! KERAKLI JOYLARINI OʻZGARTIRING! -->'''Olmos(ShFY)''' — [[Namangan viloyati]], [[Chust tumani]]dagi shaharcha. [[Fargʻona vodiysi]]ning shimoliy chekkasida, togʻ etagidagi tekislikda, Chust shahridan 12 km gʻarbda dengiz sathidan 1000—1200 m balandlikda joylashgan. 2012-yilda shaharcha maqomi berilgan. Maʼmuriy jihatdan 10 ta mahallaga boʻlingan. Aholisi — 40 ming kishidan ortiq(2014). Etnik tarkibi oʻzbeklardan iborat.<br />==Geografik joylashuvi va tabiati==Chotqol togʻlaridan 20 km janubda joylashgan. Janub tomondan Pop tumani, g'arbda Axcha, sharqda Toshqoʻrgʻon, shimolda Gʻova qishloqlari bilan chegaradosh. Aholi manzili Sharq va g'arb tomondan qir-adirlar bilan oʻralgan boʻlib, relyefi adirdan iborat. Shaharcha oʻrtasidan Olmossoy oqib oʻtadi. Soy janubda [[Pop shahri]]gacha yetib boradi. Boshqa soylardan farqli ravishda Olmossoy suvi togʻdan boshlanmaydi. Katta suv hajmiga ega boʻlgan soy buloq suvlarining qoʻshilishidan paydo boʻlgan va yil davomida asosan suv toʻlib oqadi. Olmossoy hudud hayotida muhim oʻrin tutadi. Soyning suvi qishloq xoʻjaligida keng foydalaniladi. Shaharcha iqlimi quruq boʻlib, yogʻingarchilik kam yogʻadi. ==Tarixi=='''Olmos''' tarixi chuqur oʻrganilmagan. Shaharchada yashaydigan baʼzi ziyolilar toʻplagan maʼlumotlargina bor xolos. '''''Olmos''''' toponimining kelib chiqishi haqida ham aniq dalillar yoʻq boʻlib, bu haqida bir necha qarashlar mavjud. Ilgari ushbu hududda aholi soni kam boʻlib, uylar asosan soy boʻyida joylashgan. Yogʻingarchilik koʻp boʻlgani uchun tez-tez sel kelar, qishloq xoʻjaligi va uylarga zarar yetkazgan. Shunda aholi oʻzaro maslahat qilib, toʻgʻon qurishadi va sel ziyon keltira olmaydi. Natijada odamlar qishloqni ''ololmas'' deb atay boshlashadi. Keyinchalik bu soʻz qisqarib Olmos holiga kelgan ekan. Boshqa bir taxminga koʻra u yerda oldin olmos koni mavjud boʻgan, shuning uchun Olmos deb atalgan. Tarixiy manbalarga qaraydigan boʻlsak, Olmos hududida 16-asrgacha aholi yashamagan deb taxmin qilish mumkin. Chunki [["Boburnoma"]]da shu atrofdagi qishloqlar tasvirlangan, lekin Olmos haqida ma'lumot berilmagan. Demak qishloq 16-asrdan keyin paydo boʻlgan. Ba'zi fikrlarga koʻra qishloqqa dastlab odamlar Parda Tursun tomondan kelib oʻrnashgan. Ular yashagan joy hozirda xalq tomonidan Shaxla(Shayxlar), Qora kapa kabi nomlar bilan ataladi. ==Manbalar=={{reflist}} ==Havolalar==* [http://www.example.com/ example.com] <!--- Turkumlar --->
Nataev munozara 05:11, 13-oktabr 2014 (UTC)
Maqolani qayta ishlab keyin joylashtirishga harakat qilaman — Bu xabarni Chustiy (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Vikipediyada bitta mavzuda bir necha maqolalar koʻp ekan. Masalan Boburnoma, Shimoliy Koreya va hokazo. Ularni birlashtirish taklif qilingan. Qanday birlashtirishni bilmayapman. Maqolalarni birlashtitirishni biladiganlar bu haqidagi bilimlari bilan oʻrtoqlashishsa yaxshi boʻlardi. Bitta mavzu boʻyicha oʻzbekcha vikipediyada yagona toʻlaqonli maqola boʻlgani maʼqul. Shunga qarab boshqa maqolalarda havola berish oson boʻlardi. Masalan, Umarshayx Mirzo haqidagi maqolani tahrirlay turib, Boburnoma haqidagi qaysi maqolaga havola berishni bilmay qoldim. Shuning uchun har birimiz shunaqa maqolalarga duch kelganda ularni birlashtirishga harakat qilaylik. Iltimos.
Xabar muallifi: Chustiy (munozara) 17:06, 12-oktabr 2014 (UTC)
- Salom! Bir mavzuda bir necha maqola boʻlmasligi kerak, ha. OʻzMEdagi maqolalarni bot yordamida qoʻshganimizdan keyin shunaqa maqolalar soni koʻpaydi. Bir xil mavzudagi maqolalarni birlashtirish uchun bir necha amalni bajarish kerak. Masalan, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Koreya xalq demokratik respublikasi maqolalarini olaylik.
- Toʻgʻri nomli maqolani tanlaymiz. „Koreya Xalq Demokratik Respublikasi“ — toʻgʻri, „Koreya xalq demokratik respublikasi“ — notoʻgʻri. „Oʻzbekiston respublikasi“ deb yozilmaganidek, „Koreya xalq demokratik respublikasi“ deb ham yozilmaydi.
- Notoʻgʻri nomlangan maqoladagi mattni toʻgʻri nomlangan maqolaga olib oʻtish kerak. Bu ancha mehnat talab qiladi. Shuning uchun matnni toʻgʻri nomlangan maqola munozarasiga vaqtincha olib oʻtish mumkin. Kimda vaqt va qiziqish boʻlsa keyinchalik mattni maqolaga tartib bilan qoʻshadi.
- Notoʻgʻri nomlangan maqola sahifasini yoki butunlay oʻchirish kerak, yoki toʻgʻri nomlagan maqolaga ulash kerak. Agar maqola nomi umuman maʼnoga ega boʻlmasa, butunlay oʻchirish kerak (administratorlarga murojaat qilish kerak oʻchirtirish uchun). Bizning misolda notoʻgʻri maqola nomi shunchaki kichik harf bilan yozilgan boʻlgani uchun redirect qoldirsak yaxshi boʻladi.
- Toʻgʻri nomlangan maqoladan „birlashtirish“ andozasini olib tashlash kerak.
Nataev munozara 05:34, 13-oktabr 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Maqola nomini Konfutsiylik deb oʻzgartirishni taklif qilaman. Koʻp manbalarda Konfutsiylik deb berilgan. Milliy ensiklopediyada Konfutsiychilik deb yozilgan boʻlsa ham bu soʻz gʻalati eshitiladi. Tarix kitoblarida Konfutsiylik deb berilgan.
Xabar muallifi: Chustiy (munozara) 18:03, 12-oktabr 2014 (UTC)
- Oʻzbek tilining izohli lugʻatida „Konfutsiy(chi)lik“ deb berilgan. Yaʼni „konfutsiychilik“dan koʻra „konfutsiylik“ koʻproq ishlatiladi. 1988-1990-yillarda chiqqan ensiklopedik lugʻatda ham „konfutsiylik“ deb berilgan. Demak, siz aytgan nom koʻproq ishlatiladi. Shuning uchun maqolani qayta nomladim. Nataev munozara 05:45, 13-oktabr 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Maqola nomini Tejon deb oʻzgartirishni taklif qilaman. Koreys tilida Daejeon deb emas Tejon deb yoziladi va shunday oʻqiladi. Shahar nomining notoʻgʻri transliteratsiya qilinishi koreys tilidan xabari yoʻq boʻlgan odamlar ham notoʻgʻri talaffuz qilishiga sabab boʻladi. Joy nomlari va insonlarning ismlarini transliteratsiya qilishda ingliz yoki rus tili orqali emas asl mahalliy tildagi yozilishi va talaffuziga qarash kerak deb hisoblayman. Ushbu maqolani yaxshilab tahrirlab, yangi maʼlumotlar qoʻshishim mumkin. Sof oʻzbek tilida, nomlarni koreys tilidan toʻgʻridan toʻgʻri transliteratsiya qilgan holda albatta. Vaqt topib uni tahrirlashga harakat qilaman. Avvalo maqola nomini Tejon deb oʻzgartirish kerak.
Xabar muallifi: Chustiy (munozara) 18:13, 12-oktabr 2014 (UTC)
- Tejon nomli maqola mavjud ekan. OʻzMEdan olingan. Ikkalasini birlashtirdim. Nataev munozara 05:52, 13-oktabr 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Koreys yarimoroli va Koreya yarim oroli maqolalarini birlashtirib yagona Koreya yarimoroli maqolasini yaratishni taklif qilaman. Har ikkala maqola noto'g'ri nomlangan. Birlashtirilsa, bitta yaxshi maqola qilish mumkin.
Xabar muallifi: Chustiy (munozara) 09:39, 13-oktabr 2014 (UTC)
- Bemalol birlashtiravering. Ammo men yuqorida aytib oʻtgan amallarni bajaring. Nataev munozara 13:44, 13-oktabr 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
ёшга доир пенсия 2015 йил январ ойидан эмас 2014 йил деб ёзилган
Xabar muallifi: 2241620 213.230.82.155 17:23, 5-Dekabr 2014 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.