Jimi Hendrix
Jimi Hendrix | |
---|---|
![]() Hendrix Niderland televideniyesida, 1967 | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Johnny Allen Hendrix |
Tugʻilishi |
27-noyabr 1942-yil |
Vafoti |
18-sentabr 1970-yil (27 yoshda) Kensington, London, Angliya |
Kasbi | Qoʻshiqchi, shoir, musiqachi, produser |
Guruh | The Jimi Hendrix Experience |
Faoliyat yillari | 1963—1970 |
Janr | Psixedelik rock, hard rock, blues rock |
Sayt | jimihendrix.com |
James Marshall „Jimi“ Hendrix (talaffuzi: Jeyms Marshall Jimi Hendriks; asl ismi: Johnny Allen Hendrix (talaffuzi: Jonni Allen Hendriks); 27-noyabr, 1942 – 18-sentabr, 1970) amerikalik musiqachi, xonanda va qoʻshiq yozuvchi boʻlgan. Qisqa vaqtlik (toʻrt yil) faoliyatiga qaramay, ommabop musiqada eng buyuk elektrogitarachi va XX asrning eng muhim musiqachilaridan biri, deb hisoblanadi.
Amerika rock and roll va electric blues musiqalaridan ilhomlangan Hendrix oʻzining The Jimi Hendrix Experience guruhi bilan Yevropada muvaffaqiyatga erishdi. Keyinchalik, 1967-yilgi Monterey Pop Festivalida qatnashib, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ham shuhratga erishdi. 1969-yili katta Woodstock festivalida bosh ijrochilardan boʻldi.
Hendrix musiqaga stereofonik feyzer samarasi, gitara fidbeki kabi yangiliklarni olib kirdi, elektrogitara bilan yangicha chalish usullari kashshofi boʻldi.[1]
Jimi Hendrix 1970-yil 18-sentabrida Londondagi Samarkand mehmonxonasida barbituratdan zaharlanib vafot etgan.[2]
Hayotligida va oʻlimidan keyin koʻplab musiqa mukofotlari olgan Jimi Hendrix sharafiga 1997-yili Londonda memorial taxta oʻrnatildi. Rolling Stone jurnali uni birinchi raqamli gitarachi[3] va oltinchi eng buyuk artist qilib tanlagan.[4]
Diskografiyasi[tahrir]
|
|
Manbalar[tahrir]
- ↑ Stix, John (1992). Eddie Kramer: Off the Record. In Stix, John. "Jimi Hendix/Stevie Ray Vaughan". Guitar Presents (57).
- ↑ Moskowitz, David (2010). The Words and Music of Jimi Hendrix. Praeger. ISBN 978-0-313-37592-7.
- ↑ 100 Greatest Guitarists: David Fricke's Picks, Rolling Stone
- ↑ 100 Greatest Artists: Jimi Hendrix, Rolling Stone
Havolalar[tahrir]
- Rasmiy sayti
- Jimi Hendrix jamgʻarmasi Arxivlandi 2012-12-09 at Archive.is Arxivlandi 2012-12-09 at Archive.is
![]() |
Vikiomborda Jimi Hendrix haqida turkum mavjud |
![]() |