Vikiturlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikiturlar
Vikiturlar logosi
Web-manzil species.wikimedia.org
Interviki species:
Asosiy boʻlim Koʻp tilli
Asos solingan sana 2004-yil 14-sentabr
Asoschi Benedikt Mandl (2004-yilda loyohani taklif qilgan); Jimmy Wales hamda Vikimedia jamoati
Maqolalar soni
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Vikiturlar (viki va turlar soʻzlarining birikmasi) (ingl. Wikispecies) — biologik turlarning erkin katalogini tuzish maqsadida yaratilgan loyiha. Vikipediya singari Vikiturlar ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan tuziladi. Loyiha koʻproq olimlar uchun moʻljallangan.

Jimmy Wales tahrirchilar ilmiy darajalarini tasdiqlovchi hujjatlarni faks orqali joʻnatishlari shart emasligini, ammo qilingan tahrirlar maxsus auditoriyalar tekshiruvidan oʻtishi kerakligini aytgan.[1][2] Vikiturlardagi maʼlumotlardan GNU Free Documentation License va CC BY-SA 3.0 litsenziyalari boʻyicha foydalanish mumkin.

Vikiturlarga 2004-yilning sentabr oyida asos solingan. Loyihani boyitish uchun butun dunyodagi biologlar yordamga chaqirilgan.[3] 2005-yilning aprel oyiga kelib Vikiturlarda Carl Linnaeus klassfikatsiyasiga asoslangan taksonomiya tuzib chiqildi va har bir tur haqidagi Vikipediya maqolasiga linklar qoʻshildi.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. "Calling all taxonomists". Science 307 (5712): 1021. 2005. doi:10.1126/science.307.5712.1021a. 
  2. 2,0 2,1 "WikiSpecies". American Scientist Online (Sigma Xi). 25 April 2005. Archived from the original on 30 April 2005. http://web.archive.org/web/20050430034914/http://www.americanscientist.org/template/SiteOfTheWeekTypeDetail/assetid/43122. Qaraldi: 3 February 2014. 
  3. Peplow, Mark (2005). "Species list reaches half-million mark". Nature. doi:10.1038/news050314-6. 

Havolalar[tahrir]