Vidin provinsiyasi
Vidin provinsiyasi Област Видин | |
---|---|
Provinsiya | |
43°48′0″N 22°41′0″E / 43.80000°N 22.68333°E | |
Mamlakat | Bolgariya |
Maydon | 3,032.9 km2 (1,171.0 kv mi) |
Aholisi (2022) |
72,754 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Vidin viloyati (bolgarcha: Област Видин) – Bolgariyaning eng shimoli-gʻarbiy viloyati. Gʻarbda Serbiya, shimoli-sharqda Ruminiya bilan chegaradosh. Uning maʼmuriy markazi Dunay daryosi boʻyidagi Vidin shahridir. Vidin viloyati 11 ta munitsipalitetga boʻlingan. 2023-yil holatiga koʻra, viloyat aholisi 72,754 kishidan iborat boʻlgan[1].
Koʻplab qal’alarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Jumladan, Usmonlilar bosqini davridagi Bolgariyaning soʻnggi qal’alaridan biri boʻlgan Baba Vida va Belogradchik qal’asi ham vayrona holatda saqlangan.
Munitsipalitetlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vidin viloyati 11 ta munitsipalitetdan tashkil topgan (birlik shakli: obщina, obshtina – koʻplik shakli: obщini, obshtini). Quyidagi jadvalda har bir munitsipalitetning lotin va kirill alifbosida yozilgan nomlari, asosiy shahar (qalin harf bilan) yoki qishloq nomi hamda har bir hududning 2009-yil dekabr holatiga koʻra aholi soni koʻrsatilgan.
Munitsipalitet | Krillcha | Aholisi[2][3][1] | Shaharcha/qishloq | Aholisi[3][4][5][6] |
---|---|---|---|---|
Belogradchik | Белоградчик | 7,045 | Belogradchik | 5,334 |
Boynitsa | Бойница | 1,717 | Boynitsa | 595 |
Bregovo | Брегово | 6,168 | Bregovo | 2,592 |
Vidin | Видин | 66,126 | Vidin | 49,471 |
Gramada | Грамада | 2,384 | Gramada | 1,647 |
Dimovo | Димово | 7,175 | Dimovo | 1,211 |
Kula | Кула | 4,958 | Kula | 3,287 |
Makresh | Макреш | 1,938 | Makresh | 473 |
Novo Selo | Ново село | 3,381 | Novo Selo | 1,144 |
Rujintsi | Ружинци | 4,890 | Rujintsi | 915 |
Chuprene | Чупрене | 2,285 | Chuprene | 576 |
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vidin provinsiyasi Dunay tekisligi va Staraplaninaning eng gʻarbiy qismlarini oʻz ichiga oladi. Dunay esa Ruminiya bilan chegarani tashkil etadi. Staraplaninaning yon bagʻirlari zich oʻrmonlar, yam-yashil oʻtloqlar bilan qoplangan. Shuningdek, bu yerda Belogradchik qoyalari ham mavjud. Serbiya bilan chegarada 80 ga yaqin gʻorlar joylashgan boʻlib, ularning eng mashhuri Magura gʻoridir. U miloddan avvalgi 10 000 yillarda chizilgan gʻor rasmlari bilan mashhur. Gʻorga yaqin joyda koʻl ham bor.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1946 | 194,007 | — |
1956 | 188,518 | −2.8% |
1965 | 179,429 | −4.8% |
1975 | 176,761 | −1.5% |
1985 | 166,68 | −5.7% |
1992 | 151,636 | −9.0% |
2001 | 130,074 | −14.2% |
2011 | 101,018 | −22.3% |
2021 | 75,408 | −25.4% |
Manba: pop-stat.mashke.org[7] |
2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Vidin provinsiyasida 130 074 nafar kishi istiqomat qilgan. Shundan 48.4% erkaklar, 51.6% esa ayollardir[8].
2009-yil oxirida Bolgariya Milliy Statistika Instituti tomonidan Vidin provinsiyasining aholi soni eʼlon qilingan. Unga koʻra, hududdagi aholisi soni 108 067 kishini tashkil etgan[9]. Maʼlumotlarda aholining 32.6% qismi 60 yoshdan oshganlar ekanligi qayd etilgan[10].
Vidin Bulgariyadagi eng qadimiy provinsiyalardan biri boʻlib, 2016-yil oxirida aholisining 28,9 foizi 65 yosh va undan kattalardan tashkil topganligi aniqlangan. Shahar va qishloqda yashovchi qariyalar ulushi oʻrtasida katta farq bor: shaharlarda aholining 21,1 foizi 65 yosh va undan katta boʻlsa, qishloq joylarda bu koʻrsatkich 42,8 foizni tashkil qiladi. 15 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi shaharlarda 13,5%, qishloqlarda esa atigi 9,8% ni tashkil etadi.
Etnik tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vidin provinsiyasidagi etnik guruhlar (2011-yil holatiga koʻra) | ||||
---|---|---|---|---|
Etnik guruh | Foiz | |||
Bolgarlar | 91.2% | |||
Ruminlar | 7.7% | |||
Boshqalar | 1.1% | |||
Jami aholi soni (2011-yil holatiga koʻra): 101 018[11]
Etnik guruhlar (2011-yil holatiga koʻra)[12]: qaysi etnik guruhga mansub ekanligi aniq boʻlgan aholi: 95 126 kishi
Diniy takib
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vidin provinsiyasida dinlar (2001-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra) | ||||
---|---|---|---|---|
Diniy guruhlar | Foiz | |||
Pravoslavlar | 96.1% | |||
Protestantlar | 0.3% | |||
Rim-katoliklari | 0.1% | |||
Musulmonlar | 0.1% | |||
Boshqalar | 3.3% | |||
2001-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra, viloyatdagi aholining diniy mansubligi quyidagicha[13]:
2001-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra | ||
---|---|---|
Diniy tarkib | Aholi soni | % |
Pravoslav xristianlar | 125,063 | 96.15% |
Protestantlar | 397 | 0.31% |
Rim katoliklari | 143 | 0.11% |
Musulmonlar | 139 | 0.11% |
Boshqalar | 602 | 0.46% |
Dinsizlar | 3,730 | 2.87% |
Jami | 130,074 | 100% |
Shaharchalar va qishloqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qalin harflar bilan yozilgan joy nomlari shaharcha maqomiga ega (bolgar tilida: град, grad sifatida transliteratsiya qilinadi). Boshqa aholi punktlari esa qishloq maqomiga ega (bolgar tilida: село, transliteratsiya selo). Joy nomlari lotin alifbosiga transliteratsiya qilingan[14], keyin qavs ichida bolgar tilida kirill alifbosi bilan asl nomi (Bolgariya Vikipediyasidagi tegishli maqolaga havola) berilgan.
Belogradchik munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Belogradchik munitsipalitetida bitta shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 17 ta qishloq mavjud:
- Belogradchik (Белоградчик)
- Borovitsa (Боровица)
- Veshtitsa (Вещица)
- Varba (Върба)
- Granitovo (Гранитово)
- Granichak (Граничак)
- Dabravka (Дъбравка)
- Krachimir (Крачимир)
- Oshane (Ошане)
- Praujda (Праужда)
- Prolaznitsa (Пролазница)
- Rabisha (Рабиша)
- Rayanovtsi (Раяновци)
- Salash (Салаш)
- Slivovnik (Сливовник)
- Stakevtsi (Стакевци)
- Struindol (Струиндол)
- Chiflik (Чифлик)
Boynitsa munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boynitsa munitsipalitetida 9 ta qishloq mavjud:
Bregova munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bregovo munitsipalitetida bitta shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 9 ta qishloq mavjud:
Vidin munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vidin munitsipalitetida ikkita shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 33 ta qishloq mavjud:
- Akatsievo (Акациево)
- Antimovo (Антимово)
- Bela Rada (Бела Рада)
- Botevo (Ботево)
- Bukovets (Буковец)
- Vidin (Видин)
- Voinitsa (Войница)
- Vartop (Въртоп)
- Gaytantsi (Гайтанци)
- General Marinovo (Генерал Мариново)
- Gomotartsi (Гомотарци)
- Gradets (Градец)
- Dinkovitsa (Динковица)
- Dolni Boshnyak (Долни Бошняк)
- Druzhba (Дружба)
- Dunavtsi (Дунавци)
- Zheglitsa (Жеглица)
- Ivanovtsi (Ивановци)
- Inovo (Иново)
- Kalenik (Каленик)
- Kapitanovtsi (Капитановци)
- Koshava (Кошава)
- Kutovo (Кутово)
- Mayor Uzunovo (Майор Узуново)
- Novoseltsi (Новоселци)
- Peshakovo (Пешаково)
- Plakuder (Плакудер)
- Pokrayna (Покрайна)
- Ruptsi (Рупци)
- Tsar Simeonovo (Цар Симеоново)
- Sinagovtsi (Синаговци)
- Slana bara (Слана бара)
- Slanotran (Сланотрън)
- Tarnyane (Търняне)
Gramada munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gramada munitsipalitetida bitta shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 7 ta qishloq mavjud:
Dimovo munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dimovo munitsipalitetida bitta shahar (qalin harflar bilan yozilgan) va 22 ta qishloq mavjud
- Archar (Арчар)
- Bela (Бела)
- Vladichentsi (Владиченци)
- Vodnyantsi (Воднянци)
- Varbovchets (Върбовчец)
- Oreshets (Орешец)
- Dimovo (Димово)
- Dalgo pole (Дълго поле)
- Darzhanitsa (Държаница)
- Izvor (Извор)
- Karbintsi (Карбинци)
- Kladorub (Кладоруб)
- Kostichovtsi (Костичовци)
- Lagoshevtsi (Лагошевци)
- Mali Drenovets (Мали Дреновец)
- Medovnitsa (Медовница)
- Gara Oreshets (Гара Орешец)
- Ostrokaptsi (Острокапци)
- Septemvriytsi (Септемврийци)
- Smolya (Скомля)
- Shipot (Шипот)
- Yanyovets (Яньовец)
- Yarlovitsa (Ярловица)
Kula munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kula munitsipalitetida bitta shaharcha (qalin harflar bilan yozilgan) va 8 ta qishloq mavjud:
Makresh munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Makresh munitsipalitetida 7 ta qishloq mavjud:
Novo selo munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Novo Selo munitsipalitetida 5 ta qishloq mavjud:
Rujintsi munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rujintsi munitsipalitetida 10 ta qishloq mavjud:
Chuprene munitsipaliteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chuprene munitsipalitetida 9 ta qishloq mavjud:
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „pop-stat.mashke.org“
- ↑ (English) Bulgarian National Statistical Institute – Bulgarian provinces and municipalities in 2009
- ↑ 3,0 3,1 (English) „WorldCityPopulation“
- ↑ (English) Bulgarian National Statistical Institute – Bulgarian towns in 2009
- ↑ „pop-stat.mashke.org“
- ↑ (English) Bulgarian National Statistical Institute – Bulgarian villages under 1000 inhabitants – December 2009
- ↑ „Divisions of Bulgaria“ (2024-yil 3-aprel).
- ↑ (bolgarcha) Population to 01.03.2001 by Area and Sex from Bulgarian National Statistical Institute: Census 2001
- ↑ (English) Bulgarian National Statistical Institute – Bulgarian provinces and municipalities in 2009
- ↑ (English) Bulgarian National Statistical Institute – Population by age in 2009 (Wayback Machine saytida 2012-05-13 sanasida arxivlangan)
- ↑ (bolgarcha) Population on 01.02.2011 by provinces, municipalities, settlements and age; National Statistical Institute
- ↑ Population by province, municipality, settlement and ethnic identification, by 01.02.2011; Bulgarian National Statistical Institute (bolgarcha)
- ↑ (bolgarcha) Religious adherence in Bulgaria – census 2001
- ↑ Geonames Search (Wayback Machine saytida 2010-03-07 sanasida arxivlangan) at National Geospatial-Intelligence Agency (NGA) – reference for location names
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Vidin provinsiyasi haqida turkum mavjud |