Vaysxon
Qiyofa
Vaysxon | |
---|---|
Vafoti | 1428 |
Otasi | Shir Ali Oglan |
Vaysxon, Uvaysxon, Sulton Uvays oʻgʻlon (7—1428) — Moʻgʻuliston xoni (1418-21 va 1424-25). Naqshi Jahon (1415—18)ni oʻldirib taxtni egallagan. Vaysxon Amir Temurning sarkardalaridan Turkiston hokimi Shayx Nuriddin bilan ittifoq tuzib, amakisi Moʻgʻuliston xoni Shermuhammadxon (1421—24) bilan taxt uchun oʻzaro kurash olib borgan. Ili daryosi boʻylaridagi buddaviy qalmoqlar xoni Esexu (1415— 25) bilan muntazam (61-marta) urushlar qilgan. "Tarixi Rashidiy"da qayd qilinishicha, Vaysxon oʻta taqvodorligi, oliyjanobligi, jasurligi bilan boshqalardan ajralib turgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |