Vaxsh trakti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vaxsh daryosining dengiz sathidan balandligini koʻrsatadigan profili. Vaxsh GESlar kaskadining joylashuvi

Vaxsh trakti yoki Vaxsh GESlar kaskadi – Tojikistonning Xatlon viloyatida joylashgan yirik gidroelektr stansiyalar majmui. Vaxsh daryosida joylashgan. „Barqi Tojik“ OAXK tomonidan egalik qilinadi (Sangtoʻda GES-1 va Sangtoʻda GES-2dan tashqari).

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

GES majmui Vaxsh daryosining quyi oqimida, asosan Xatlon viloyati hududida joylashgan. Loyihaga koʻra traktda 9 ta GESni oʻz ichiga oladi[1]. Kaskad sakkizta faoliyat yuritayotgan hamda bitta loyihalashtirilayotgan (Shoʻrob GES) gidroelektr stansiyalardan iborat[2]. Sharshara va Markaziy GESlar (traktning quyi pogʻonasi) Sarband GESdan tushadigan suvdan hosil boʻladigan RK46 deb nomlanadigan bosh kanaldan suv oladi[3].

Hozirda faoliyat yuritayotgan stansiyalarning umumiy quvvati 4 775 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 20 mlrd kVt*soat. Loyiha toʻliq amalga oshirilganda quvvati 9195 Mvt[1], oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 37 mlrd kVt*soat ga yetadi[4].

Trakt tarkibidagi stansiyalar (oqim boʻylab joylashuviga koʻra):

GES nomi Oʻrnatilgan
quvvati, MVt
Oʻrtacha yillik
elektr energiyasi
ishlab chiqarishi
mrld kVt*soat
Maqomi
Rogʻun GES 3600[1] 13,1[1] 2018-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda
Shoʻrob GES (850)[1] (3,0) Loyihalashtirilayotgan
Norak ges 3000[1] 11,2[1] 1972-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda
Boygʻozi GES 600[1] 2,5[1] 1986-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda
Sangtoʻda GES-1 670[1] 2,7[1] 2008-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda
Sangtoʻda GES-2 220[1] 0,9 2011-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda
Sarband GES 240[1] 1,3 1962-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda
Sharshara GES 29,5[1] 0,22 1958-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda
Markaziy GES 15,1[1] 0,11 1964-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 Валамат-заде Тимур. Энергетика Таджикистана: настоящее и ближайшее будущее // Центральная Азия и Кавказ. — 2008. — Andoza:Бсокр. Архивировано 28 fevral 2020 года.
  2. „В Таджикистане займутся подготовкой к постройке Шурабской ГЭС“. Sputnik (2019-yil 2-sentyabr). 2020-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  3. „Глава 3. Планирование электростанций (1-я проверка)“,Сбор данных и проверочная экспертиза относительно малой гидроэнергетики в Хатлонской области Республики Таджикистан. Japan International Cooperation Agency - JICA, 2012 — 30 bet. 
  4. „Гидроэнергетика Таджикистана – настоящее и будущее“ (pdf). МИД РТ. 2012-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-may.