Vasiliy Xarlamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Xarlamov
Tavalludi 1909-yil 1-yanvar
Krasnoyarsk, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1986-yil 23-mart
Leningrad, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi  Sovet Ittifoqi
Xizmatdagi yillari 1927-1948
Unvoni Mayor
Mukofotlari

Vasiliy Maksimovich Xarlamov (1909-yil 1-yanvar, Krasnoyarsk – 1986-yil23-mart) – Sovet harbiy dengiz aviatsiyasining uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1940-yil 7-fevral) va mayor (1943-yil 24-sentyabr[1]).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasiliy Xarlamov 1909-yil 1-yanvarda Krasnoyarskda ishchi oilasida tugʻilgan. Millati – rus. Toshkent shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan.

1930-yilning iyun oyidan Kushka qal’asida joylashgan Qizil Armiyaning 4-togʻli otishmalar polkida vzvod komandiri boʻlib xizmat qilgan. Uning tarkibida Oʻrta Osiyodagi bosmachilarni yoʻq qilish boʻyicha harbiy harakatlarda qatnashgan. 1931-yilning may oyidan boshlab Qizil Armiya Harbiy havo kuchlarining Uzoq Sharqdagi 16-aviatsiya brigadasida bort muhandisi stajyori sifatida xizmat qilishni davom ettiradi. 1931-yil sentyabr oyida Xarlamov oʻqishga kirib, 1932-yilning may oyida Orenburgdagi 3-kuzatuvchi uchuvchilar harbiy maktabini tugatadi[1].

1932-yil iyun oyidan 1933-yil may oyigacha 68-alohida daryo aviatsiya eskadronida kichik uchuvchi-kuzatuvchi boʻlib xizmat qilgan. Keyin 1933-yilda Parashyut instruktorlari malakasini oshirish kursini tamomlab, 1933-yil iyun oyida Uzoq Sharqdagi 12-alohida dengiz eskadronida kichik uchuvchi-kuzatuvchi – parashyutchi etib tayinlanadi. 1937-yil oktyabrdan 16-dengiz razvedka aviatsiyasi eskadronida shturman, 1938-yil apreldan boshlab Uzoq Sharqdagi 12-yengil bombardimonchi aviatsiya eskadronida shturman boʻlgan. 1938-yildan VKP(b) aʼzosi[1].

Katta leytenant Vasiliy Xarlamovga SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1940-yil 7-fevraldagi farmoni bilan qoʻmondonlik topshiriqlarini namunali bajargani, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Shuningdek, Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlangan[2].

Vasiliy Xarlamov Leningrad shahrida yashagan. 1986-yilning 23-martida vafot etgan. Sankt-Peterburgda Shimoliy qabristonga dafn etilgan[3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Kudryavseva L., Lure V. Morskie lyotchiki – Geroi Sovetskogo Soyuza. Xarlamov Vasiliy Maksimovich. // Морской сборник. – 2009. – № 5. – S. 83—84.
  2. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O prisvoenii zvaniya Geroy Sovetskogo Soyuza mladshemu komandiru Belogurovu A. I., leytenantu Pinchuk G. S. i starshemu leytenantu Xarlamovu V. M.“ // Pravda. – 1940, 8 fevralya. – S. 1.
  3. Fedorov M. R. Morskoy nekropol Peterburga. – SPb., 2003. – S. 245.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. – M.: Voenizdat, 1988. – T. 2 /Lyubov – Yaщuk/. – 863 s. – 100 000 ekz. – ISBN 5-203-00536-2.
  • Varganov Yu. V. Xarlamov Vasiliy Maksimovich // Otchizni vernie sini. Vipuskniki i prepodavateli Voenno-morskoy akademii – Geroi Sovetskogo Soyuza, Geroi Sotsialisticheskogo Truda i Geroi Rossiyskoy Federatsii. Biograficheskiy spravochnik. – SPb.: NPP „Sistema“, 2007. – 468 s. – 990 ekz.
  • Geroi Sovetskogo Soyuza Voenno-Morskogo Flota. 1937—1945. – M.: Voenizdat, 1977. – S. 438.
  • Plessov K. M. Lyudi visokogo podviga. – M., 1962. – S. 22-24.
  • Slovar biograficheskiy morskoy. – SPb., 2000. – S. 402.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]