Kontent qismiga oʻtish

Valeriy Muxin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valeriy Muxin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valeriy Vasilyevich Muxin
Tavallud sanasi 25-iyul 1938-yil
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Ashxobod, Turkmaniston SSR
Vafot sanasi 27-avgust 2002-yil(2002-08-27)
(64 yoshda)
Vafot joyi Oʻzbekiston Toshkent, Oʻzbekiston
Ampluasi himoyachi, yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Ashxobod Stroitel BOʻSM
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1958—1960 Sovet Ittifoqi Kolxozchi / Kopetdag
1961—1966 Sovet Ittifoqi Paxtakor 157 (5)
1967 Sovet Ittifoqi Paxtaorol
1968 Sovet Ittifoqi Sverdlovets
Boshqargan klublari
1968—1977 Sovet Ittifoqi Narimanovets
1992 Rossiya Angara Boguchany
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Valeriy Vasilyevich Muxin (1938-yil 25-iyul – 2002- yil 27-avgust, Toshkent) – sovet futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan, futbol murabbiy. SSSR sport ustasi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valeriy Muxin futbolchilik faoliyatini Ashxobodda boshlagan. U yerda uch mavsum davomida (19581960) mahalliy „Kolxozchi“ (keyinchalik Kopetdag) jamoasida oʻynagan. 1961-yili Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qabul qilinib, ushbu jamoa bilan SSSR Oliy ligasida debyut qilgan. Valeriy Muxin „Paxtakor“ safida olti mavsum oʻynagan. Milliy chempionatlarda 157 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Shulardan 120 tasini oliy ligada oʻtkazgan va 4 ta gol urgan.

1968—1977-yillarda Xorazmning „Narimanovets“ klubiga ustozlik qilgan. Keyinchalik esa maʼmuriy lavozimlarda ishlagan.

Valeriy Muxin nomi Oʻzbekiston futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan.

2002-yil 27-avgustda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.