Vadim Strelsov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vadim Strelsov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tavallud sanasi 30-aprel 1986-yil (1986-04-30) (38 yosh)
Mogilyov, Belarus
Boʻyi 1.72 m
Vazni 94 kg
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika

Vadim Nikolayevich Strelsov (belaruscha: Вадзім Мікалаевіч Стральцоў; 30-aprel 1986-yil, Gavrilinka qishlogʻi Kostyukovich tumani, Mogilyov) — 94 kg gacha vazn toifasida musobaqalarda qatnashgan belaruslik ogʻir atletikachi,2015-yilgi jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi (2016), Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2016). 2019-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sohibi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadim Strelsov 1986-yilning 30-aprelida Mogilev viloyati, Kostyukovichi tumani, Gavrilinka qishlogʻida tugʻilgan. A.A.Kuleshov nomidagi Mogilyov Davlat Universitetining Jismoniy tarbiya fakultetini 2013-yilda tamomlagan. Hozirgi payta Belarus ogʻir atletika terma jamoasida sportchi-instruktor vazifasida faoliyat yuritmoqda[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Strelsov jahon miqyosida debyut qildi va Guanchjouda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 85 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. 2007-yilda Chiang Mayda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida xuddi shu toifada bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2008-yilda Vadim Pekindagi Olimpiadada qatnashgan. Lekin uchta urinishda ham 170 kg toshni koʻtara olmagan[3].

2015-yilda Vadim Hyustonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 94 kg vazn toifasida gʻolib chiqdi. 2016-yilda xuddi shu vazn toifasida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada jami 395 kg toshni koʻtarib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[4].

2019-yil 4-dekabr kuni IWF qozogʻistonlik ogʻir atletikachi Vladimir Sedovning 2008—2016-yillardagi barcha unvonlarini rasman bekor qildi va shu sababli Vadim Strelsov 2014-yilgi jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi[5].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Musobaqa Oʻtkazilish
joyi
Vazn
toifasi
Dast koʻtarish Siltab koʻtarish Jami Oʻrin
2005 Yoshlar oʻrtasida jahon chempionati Pusan −85 kg 168 kg 195 kg 363 kg 2
2006 Yoshlar oʻrtasida jahon chempionati Guanchjou −85 kg 170 kg 205 kg 375 kg 1
Jahon chempionati Santo-domingo −85 kg 170 kg 195 kg 365 kg 5
2007 Jahon chempionati Chiangmay −85 kg 170 kg 200 kg 370 kg 2
2008 Olimpiya oʻyinlari Pekin −85 kg
2010 Jahon chempionati Antalya −94 kg 175 kg 205 kg 380 kg 10
2011 Jahon chempionati Parij −85 kg 163 kg 196 kg 359 kg 13
2013 Jahon chempionati Vrotslav −94 kg 167 kg 215 kg 382 kg 6
2014 Jahon chempionati Алма-Ата 94 kg 176 kg 216 kg 392 kg 2
2015 Jahon chempionati Hyuston −94 kg 175 kg 230 kg 405 kg 1
2016 Olimpiya oʻyinlari Rio-de-Janeyro −94 kg 175 kg 220 kg 395 kg 2

Siyosiy qarashlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadim Strelsov 2020-yilda Belarusdagi noroziliklar bostirilganidan keyin mamlakatning amaldagi hukumatini qoʻllab-quvvatlovchi sport arboblarining ochiq xatiga imzo chekdi[6][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Знаменитые выпускники СТРЕЛЬЦОВ Вадим Николаевич“. msu.by. Qaraldi: 11-aprel 2024-yil.
  2. „Vadzim Straltsou wins gold in junior weightlifting worlds“. People's Daily Online China (2006-yil 2-iyun). 2011-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-dekabr.
  3. „Men's 85kg (187 lbs)“. NBC Olympics. 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-dekabr.
  4. „Vadzim Straltsou“. Rio 2016. 2016-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  5. „Международная федерация тяжёлой атлетики лишила Владимира Седова всех титулов“. 2020-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  6. „Стало известно, кто подписал открытое письмо спортсменов, выступающих за власть“ (ru). sport.tut.by (2020-yil 24-noyabr). 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
  7. „Подписи“. athletes.by. 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.