Vrotslav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

VrotslavPolshaning janubigʻarbidagi shahar. Vrotslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Vrotslav yilnomalarda dastlab 980 yilda Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945 yilgacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. Vrotslav yirik sanoat shahri va muhim temir yoʻl tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, oʻlchov asboblari, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Vrotslavda universitet, ilmiy tadqiqot va politexnika institutlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklar koʻp: bir necha cherkov, ratusha binosi (14—16-asrlar) va boshqa saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil