Vaysxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uvaysxondan yoʻnaltirildi)
Vaysxon
Vafoti 1428
Otasi Shir Ali Oglan

Vaysxon, Uvaysxon, Sulton Uvays oʻgʻlon (71428) — Moʻgʻuliston xoni (1418-21 va 1424-25). Naqshi Jahon (1415—18)ni oʻldirib taxtni egallagan. V. Amir Temurning sarkardalaridan Turkiston hokimi Shayx Nuriddin bilan ittifoq boʻlib amakisi, Moʻgʻuliston xoni Shermuhammadxon (1421—24) bilan taxt uchun oʻzaro kurash olib borgan. Ili daryosi boʻylaridagi buddaviy qalmoqlar xoni Esexu (1415— 25) bilan muntazam (61-marta) urushlar qilgan. "Tarixi Rashidiy"da qayd qilinishicha, V. oʻta taqvodorligi, oliyjanobligi, jasurligi bilan boshqalardan ajralib turgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil