Kontent qismiga oʻtish

Usmon Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usmon Umarov
Tavalludi 1938-yil yanvar
Kasbi Pedagog
Unvoni Professor
Otasi Xolmurod Umarov
Onasi Xurdona Qulmurodova

Usmon Umarov (1938-yil yanvar, Surxondaryo) - Siyosiy-iqtisod fani rivojiga hissa qo'shgan va professorlik unvoniga ega bo'lgan olim.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmon Umarov – 1938-yilning yanvar oyida, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tavallud topgan. Otasi Xolmurod Umarov va onasi Xurdona Qulmurodova o’qituvchi bo’lishgan. Usmon Umarov pedagoglar oilasida tarbiya topgan. 1946-yilda yeti yillik maktabni tugatadi va Termiz pedagogika bilim yurtida tahsil ola boshlaydi. Usmon Umarov ushbu bilim dargohida Temir Mirzayev, M.Tuxvatulina, Saxobuddinov, Qori aka Usmonov singari tajribali pedagoglardan ta’lim oladi.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yilda Termiz pedagogika bilim yurtini tamomlagach, Sherobod tumaniga ishlash uchun yo’llanma oladi. 1949-yildan boshlab 1953-yilga qadar Sherobod tumanida joylashgan 26-40 son yetti yillik maktablarda fizika-matematika va tarix fanlaridan o’quvchilarga dars beradi. Usmon Umarov 1952-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS) safiga qo’shildi. 1953-yilning fevral oyida sentyabr oyiga qadar, matematika fanidan Sherobod va Angor tumanida joylashgan yetti yillik maktablarda dars bergan. Shu bilan bir qatorda, Angor tumani partiya komitetining propaganda va agitatsiya bo’limida mudir o’rinbosari lavozimida ham faoliyat olib borgan. 1953-1957-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining tarix yo’nalishida o’qishni davom ettirdi. Institutda Usmon Umarov tarix fanlari doktori, professor Sh.Abdullayev, Y.G’ulomov, E.Nuriddinov hamda iqtisod fanlari doktori, professor O.Aminov, I.O’lmasboyevlardan saboq olgan. Keyinchalik esa, ularga ergashgan. Institutni tugatgach, yana Surxondaryoga qaytadi hamda Termiz shahrida joylashgan Mendeleyev nomidagi o’rta maktabda ozroq muddat ishlaydi. 1957-yilning dekabr oyidan boshlab, tuman partiya komitetining direktori sifatifa faoliyat olib borgan.

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-yilda Usmon Umarov “Surxondayo oblasti yetti yillikda” nomli ilk broshyurasini nashr etdi. Broshyurada Surxondaryoning 1955-1959-yillardagi iqtisod va madaniyat sohasi rivoji aniq ma’lumotlar bilan ko’rsatib berilgan. 1961-yilda “Surxondaryo oblastidagi muqaddas deb ataluvchi joylar to’g’risida” degan ilmiy mavzudagi ma’ruzada ikkinchi o’rinni egallaydi hamda pul mukofotiga sazovor bo’ladi. Usmon Umarov 1961-yilning oktyabr oyidan boshlab, Toshkent Davlat pedagogika bilim yurtining aspiranturasiga o’qishga qabul qilinadi. Aspiranturani katta o’qituvchi va dotsent bo’lib tamomlaydi. 1967-yilning 30-sentyabr kunida Usmon Umarov Toshkent Davlat universiteti Sovetida iqtisod fanlari nomzodligi uchun disertatsiya himoya qildi hamda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Shu bilan bir qatorda olim bir nechta disertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qildi. Jumladan, “Kolxozlarda jamoat iste’mol fondlari va ularning kolxozchilar moddiy hamda madaniy farovonligini oshirishdagi roli” mavzusidagi disertatsiyasida qishloq xo’jaligidagi iqtisodni aniq dalillar bilan asoslab berdi. Disertatsiyada yana bir qancha mavzular ham yoritilgan. Umarovning siyosiy-iqtisodchi bo’lib yetishishida iqtisod fanlari doktori, professor Sh.N.O’lmasboyev hamda Toshkent xalq xo’jaligi instituti siyosiy-iqtisod kafedrasi mudiri, doctor, professor O.M.Aminov o’z yordamlarini berishdi. 1967-yildan boshlab Respublika matbuoti, radio va televideniyasida faol qatnashib turgan. 1969-yildan boshlab, 1970-yilga qadar Toshkent televideniyasi orqali sirtdan o’quvchi talabalar uchun, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Q.Yusupov bilan birgalikda siyosiy-iqtisod to’g’risida kurs o’qitdi.

Metodik qo’llanmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmon Umarov studentlar uchun metodik qo’llanmalar ham yaratgan. 1970-yil “O’zbekiston” nashriyoti tomonidan “Siyosiy iqtisodni o’rganishda Lenin asarlaridan foydalanish” nomi ostida siyosiy-iqtisod to’g’risidagi metodik qo’llanmasi nashr etildi. Keyinchalik, dotsent Q.Yusupov bilan hamkorlikda “Siyosiy iqtisod asoslari” nomli qo’llanmasi ham ishlab chiqilgan hamda 1973-yilda nashrdm chiqqan. Shu bilan bir qatorda Usmon Umarovning “Jamiyatshunosliik kursida siyosiy iqtisod masalalarini o’qitish” hamda “Xalq maorifi ekonomikasi masalalari” kabi kitoblari ham kutubxonalardan joy oldi. Usmon Umarov ilmiy maqolalar ham chop etib turgan. Ulardan: “Ijtimoiy mehnat unumdorligining to’xtovsiz o’sishida jamoat iste’mol fondlari o’sib boorish factorlari”, “Kolxoz jamoat iste’mol fondlari va uning ahamiyati” kabi ko’plab maqolalarini misol qilib keltirish mumkin.

Unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987-yilsa SSSR Ministorlar sovetidagi oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Usmon Umarovning siyosiy iqtisod fanidagi ulkan xizmatlari inobatga olinib, professorlik unvoni berildi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qodirov, Bekmurod. Surxondaryo olimlari. Toshkent - "Mehnat" — 29-31 bet.