Usmon Pashayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usmon Pashayev
Tavalludi 1977-yil 23-yanvar
Fuqaroligi  Ukraina
Kasbi Jurnalist

Usmon Pashayev (qrim tatarcha: Osman Paşayev, ukraincha: Осман Пашаєв, ruscha: Осман Пашаев, 1977-yil 23-yanvarda Angren shahrida tugʻilgan) – qrim-tatar jurnalisti va prodyuseri.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmon Pashayev 1977-yil 23-yanvarda Angren shahrida qrim-tatar oilasida tugʻilgan. Uning bobosi va buvisi 1944-yilda butun Qrim-tatar xalqi bilan birga NKVD tomonidan Qrimdan deportatsiya qilingan. U 1980-yili Ukrainaning Genichesk shahrida[1] yashab, 1989-yildan Qrimga koʻchib oʻtgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pashayev Kiyev xalq xoʻjalik universitetida tahsil olgan[3]. Avvaliga davlat „Qrim“ telekompaniyasining qrim-tatar nashrida yangiliklar boshlovchisi, keyin esa shu yerda muxbir boʻlib ishlagan. Keyin u 2001-yilda Kiyevga koʻchib oʻtadi. Soʻng turli telekanallar, jumladan, STB, Inter, 5 Kanal, NTN va Tvi bilan faoliyat olib borgan. 2011—2014-yillarda Simferopoldagi Qrim-tatarlarning ATR telekanalida ishlaydi. 2013-yilning bahorida ATRning Istanbuldagi ofisiga koʻchib oʻtgan.

2009-yilda Ukrainaning toʻrtta milliy kanali (STB, 1+1, Ukraina, TONIS) 158 nafar ishchilarini birlashtirgan „Mediafront“ kasaba uyushmasi raisi etib saylanadi[4]. 2014-yil Qrim inqirozi paytida ishgʻol qilingan Qrimdagi voqealarni issiq nuqtalar va koʻchalardan jonli efirda yoritish bilan shugʻullangan. Tasodifiy fuqarolar bilan blits-intervyular, siyosatchilar va faollar bilan studiya intervyulari orqali Qrim ochiq kanaliga asos solgan. Dastlab loyihaga Zenife Seydametova, Muslim Umerov, Ridvan Pashayev va Lyuman Abdullayev qoʻshiladi[5].

U Gezi noroziliklari, Ukraina inqilobi va Qrim inqirozi haqida, Ukraina rasmiylari, jumladan Viktor Yanukovich, Viktor Yushchenko va Valentina Semenyukka qarata tergovlar haqida maʼruza qilgan.

Qrim tatarlarining „Avdet“ gazetasi uni 20 ta eng nufuzli Qrim tatarlaridan biri deb tan oladi (2009[6]).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]