Urgut ziyorat turizimi manzilgohlari tarixi
Urgut | |
---|---|
shahar | |
39°24′0″N 67°15′0″E / 39.40000°N 67.25000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
{{{mintaqa_turi}}} | Samarqand viloyati |
tuman | Urgut tumani |
Iqlim turi | subtropik-ichkikontinental |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, tojiklar va boshqalar |
Konfessiyaviy tarkib | asosan musulmonlar |
Etnoxoronim | Urgutlik, Urgutliklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil kodi | 30 |
“SHIRVOQ OTA” ZIYORATGOHI
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Shirvoq ota” ziyoratgohi Samarqand viloyati Urgut tumanining Xo‘jayduq qishlog‘ida joylashgan. Tog‘ etagida katta va keng g‘or bo‘lib uning ichida mahalliy aholi Shirvoq ota deb ataydigan avliyo kishining qabri bor. Har yili bahor va yoz oylarida bu yerga qo‘shni viloyat hamda tumanlardan ham ko‘plab ziyoratchilar kelishadi. Shirvoq ota muzdek suv chiqib turuvchi muqaddas chashmalari bilan mashhur.
Shirvoq ota ziyoratgohi Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyektlaridan biri hisoblanadi. Obyektning bugungi holatdagi shakllanish davri XIX asrga oid boʻlib, bugungi kunda ushbu manzilgohda ziyoratgoh va dam olish maskanidan iborat. Ziyoratgohda qadimiy 4 ta buloq mavjud. Ilk marotaba ushbu buloqlardan sut chiqqan ekan, shuning uchun “Shirvoq ota” deb nomlanar ekan. Avliyo Shirvoq ota nomi VIII asrga aloqador shaxs boʻlib, bu yerlarga Arablar bilan birgalikda tashrif buyurgan. Ushbu hududlarga kelishdan maqsad islom dininikeng targʻib etish boʻlgan. Ziyoratgohning paydo boʻlishi tarixini mahalliy aholi tomonidan ayrim afsona va hikoyalar mavjud. Ziyoratgoh atrofida yashovchi aholining aytishicha, Avliyo Shirvoq ota dushmanlardan qochib gʻorga kirib gʻoyib boʻlgan deyiladi. Ziyoratgoh uch qismdan iborat. Ular g’or ya’ni maqbara, Shirvoq ota nomi bilan bogʻliq nomoz oʻqilgan tosh va ziyoratchilar dam oladigan maskanlardan iborat.
“XOʻJA CHORCHINOR” ZIYORATGOHI
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urgut tumanining ajoyib manzilgohlaridan biri “Xoʻja Chorchinor” ziyoratgohi boʻlib, bu ziyoratgoh Urgut shahri markazidan uch kilometr masofada joylashgan. Xushhavoligi va maftunkor manzarasi bilan ajralib turadi. Chinorlar xiyoboni bo‘ylab tog‘ning bir tegirmon muzdek zilol suvi oqib turadi.
Ziyoratgohdagi chinorlarning yoshi 1000 yildan oshgan, degan taxminlar bor. Kirish darvozasidan boshlangan markaziy yo‘lakning ikki tomonidan yuqoriga qarab chinorlar tizmasi qad rostlab borgan. Chap qatordagi chinorlar ichida ikkinchi chinor o‘zining kengligi bilan kishilar diqqatini tortadi. Rivoyatlarga ko‘ra, chinor o‘tmishda chillaxona xizmatini o‘tagan. Sho‘rolarning dastlabki hukmronlik davrida bir muddat bolsheviklarning majlis o‘tkazadigan joyi, keyinchalik esa maktab vazifasini bajargan. Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, arab qo‘mondonlaridan biri Hoja Abu Tolib Urgutga hukmdor bo‘lib, buloq atrofida to‘rt dona chinor ektiradi. U vafot etgach (866-867 yillar), shu chinorlar yaqinida dafn etiladi. Bu joyning yana bir nomi “Xoja Chorchinor” deb atalishining tarixi shu voqea bilan bog‘liq.
Chorchinor majmuasi ichida 1914 yilda Shayx Muhiddinxon tomonidan qurilgan masjid bor. Masjiddan dastlab madrasa sifatida foydalanilgan. Bino Abduqodir (1868-1934 yillar) ismli usta tomonidan qurilgan. 1927-yilgacha mazkur madrasada nafaqat Urgut, balki shu yaqin hududlardan kelgan tolibi-ilmlarga saboq berilgan. Majmuaning ichki qismida bir nechta tarixiy shaxslarning qabrlari bor. Ulardan biri mashhur eshon Valixon Ismoilxo‘ja o‘g‘li (1842-1915 yillar) bo‘lib, Mir Arab madrasasida mudarrislik qilgan. U kishining o‘g‘illari Shayx Muhiddinxon (1875-1931 yillar) ham Urgutda yashab, Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan. Shayx Qutbiddinxon Muhiddinxon o‘g‘li (1906-1983-yillar) mashhur sharqshunos olim bo‘lgan. Majmuaning tashqari qismida eski qabriston bo‘lib, Urgutda hukmdorlik qilganlar shu yerga dafn qilingan. Eng qadimiy chinorlar uzunligi 16 metr balandlikkacha yetadi, “eng yosh” daraxt esa taxminan 600 yoshda. Deyarli har bir daraxtda taxminiy yoshi yozilgan peshtaxtachalar osilgan. Eng qari daraxt yoshi 1000 dan oshiq. Shuningdek, Chor Chinorda antiqa bir chinor ham bor. Daraxtning katta kavagi bo‘lib, bugungi kunda u yerda muzey tashkil qilingan. Qachonlardir chinor darveshlarning yashirin jamiyatiga tegishli qarorgohi bo‘lgan, uning ichida qirqtagacha darvesh yig‘iligi mumkin bo‘lgan. Shunday vaqtlar bo‘lganki, kavak ichiga so‘fiylarning butun boshli maktabi sig‘gan bo‘lib, buni bizgacha yetib kelgan eski suratlar tasdiqlaydi.
Chorchinor Urgut shahridan 2 km balandlikda joylashgan ziyoratgoh va oromgoh. Ba’zan yuqori chinor ham deb ataladi unga sabab, Urgut shahridan 1,5 km quyida ana shunday yana bir ziyoratgoh va oromgoh bo‘lib, Pastki Chinor deb ataladi. Urgutning bu ikki oromgohi sayohatchilar o‘rtasida mashhur bo‘lib, uni deyarli dunyoning barcha qit’alaridan kelgan mehmonlar ziyorat qilishadi. Odamlar Chorchinorni ziyoratgoh deb bilishadi, chunkibu yerdagi o‘rtacha bir hovuzdek keladigan chashmadan necha asrlardan beri tinimsiz suv chiqib, Urgut shahri xonadonlariga oqib boradi. Odamlar chashmaga kelib sig‘inishadi, ko‘ngilga tukkan niyatlariga erishish va mushkullarini osonlashtirish uchun uning yoqasida mol yoki tovuq so‘yishadi. Chashmadagi baliqlarni iste\’mol qilish islom shariati bilan man qilingan. Chorchinor manzilining ziyoratgohga aylanishining sabablaridan biri xoja Abu Tohir arablar istilosi davrida Urgut hukmdorlaridan biri bo‘ladi va chashmaning atrofiga to‘rt tup chinor ekadi. U millodiy 866-yilda vafot etadi va jasadi o‘zi ekkan chinor poyiga qo‘yiladi. Shu bois manzilgoh uning ngomi bilan Xo‘ja Chorchinor deb yuritiladi. Abu Tohirxojaning “Samariya” kitobida Chorchinordagi ushbu qabr to‘g‘risida jumladan shunday yoziladi: “Hazrati Xoja Abu Tohir Sarmastning fayzli mozori ustida minorga o‘xshash uzun va yo‘g‘on chinor daraxtlari bor. Bu yerda tegirmon toshi suv beradigan bir buloq ham bor. 1207 (1792) yilda mozorning kunchiqar tomonida ilm egalarini sevuvchi, ming urug‘idan bo‘lgan Kattabek devonbegi katta bir madrasa soldirdi. Hozir talabalarning o‘qiydigan bir joyidir. Abu Tohirning tarjimai holi belgilik emas” Abu Tohirxoja. Urgut begi Kattabek qurdirgan madrasa Chor Rossiyasi istilosi davrida vayron qilingan. Hozir Chorchinorda 60 ga yaqin chinor daraxti bor. Chinorlar yillar o‘tishi davomida o‘z ildizlaridan, shuningdek, ko‘chat ekish yo‘li bilan ko‘paygan. Chinorlarning eng keksasi 1000-1100 yoshdan o‘shgan, ulardan biri g‘oyat mo‘jizalidir. Chinorning yer bilan tutash tanasiga eshik o‘rnatilgan, ichkariga kirsangiz ajoyib bir manzaraga duch kelasiz, 10-16 kishi o‘tiradigan bu xonaning nomi “maktab chinor”dir. O‘tmishda uning bag‘rida bolalar ta’lim olishgan. Chorchinor g‘ishtlik va temiro panjaralar bilan o‘ralgan bo‘lib, devorlari qadimiy qadimiy qabriston bilan tutashib ketgan. Tarixiy manbalarda, xususan, XIX asrning 60-yillarida bu yerda bo‘lgan rus sayyohi A.P.Fedchenkoning ma’lumotlariga qaraganda, bu qabristonga Urgut beklari va hokimlarining jasadlari qo‘yilgandir. Ulardan biri mashhur eshon Valixon Ismoilxo‘jaga tegishlidir. Ikkinchisi esa uning nabirasi taniqli sharqshunos olim, shayx Qutbiddin Mug‘itdinovga tegishlidir. U 1906-1983 yillarda yashab o‘tgan. 1914-1915 yillarda Muhitdinxon eshon tomonidan Chorchinor hovlisida madrasa qurdirilgan. 1927 yilda esa ushbu madrasa qizil imperiya tomonidan yopib tashlangan. Hozirgi kunda Chorchinorda Jom’e masjidi, kutubxona va choyxona qurilgan.
“GʻAVSUL A’ZAM“ ZIYORATGOHI
[tahrir | manbasini tahrirlash]“G'avsul A’zam“ ziyoratgohi mashhur qadimiy manzilgoh Urgut shahrining sharq tomonidagi G‘o‘s qishlog‘ida joylashgan. Bu yerda Islom dunyosining mutafakkiri Abduqodir G‘iloniy sharafiga ramziy maqbara qurilgan Mustaqillik yillarida ziyoratgohda tuman hokimligining tashabbusi bilan milliy me’morchilik talablari asosida qo‘shimcha binolar qurildi. Ziyoratgoh huzurida boy eksponatlar bilan ta’minlangan o‘lkashunoslik muzeyi mavjud.
Musulmon olamidagi yirik din vakillaridan biri G‘avsul A’zam nomi bilan mashxur muborak zotdir. G‘avsuli A’zamning asli ismi sharifi Abdulqodir bo‘lib, u hijriy 470 (milodiy 1079) yilda Eronning G‘ilon viloyatida tug‘ilgan. U kishining muborak muborak ziyoratgohi Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘ida joylashgan. G‘avsul A’zam shayxga berilgan muborak ism bo‘lib, buning ma’nosi “ulug‘ madadkor”dir. Aytishlaricha, unda G‘avsul A’zamlik – odamlarning boshiga tushadigan g‘am-tashvishlarni yengillashtiruvchi qobiliyati mavjud bo‘lgan.
Hazrati G‘avsul A’zam “Qodiriya”suluki tariqatining asoschisi hisoblanadi. Suluk – sufiylarning hayot kechirish tarzini ifodalaydigan yo‘l bo‘lib, odamlarni jamiyat uchun foyda keltirish, ularni bema’ni tarkidunyochilikdan xalos bo‘lishlikka da’vat etadi.
Abduqodir G‘iloniyning “Qodiriya” suluki va axloqiy-diniy qarashlari ifodalangan bir necha kitoblari bizgacha yetib kelgan. Ularning asosiy qismi va’z va xutbalardan iborat. Ular haqidagi ma’lumotlar Abdurashid Abduraxmonov va Xolmuhammad Nurlarning “Ulug‘ madadkor” risolasida keng berilgan.
«Xo‘ja Omon» ziyoratgohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xo‘ja Omon ziyoratgohi Urgut-G‘o‘s avtomobil yo‘lining chap tomonida bo‘lib, ushbu muqaddas ziyoratgohda islom dinining mashhur namoyondasi Xo‘ja Omon qabri ustida muhtasham maqbara tiklangan. Ziyoratgohda keyingi yillarda keng miqyosda obodonchilik ishlari olib borildi. Hozirda ziyoratchi sayyohlar uchun masjid, tohoratxona va oshxonalar xizmat qilib turibdi.
«Yaxdon» g’ori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zarafshon togʻ tizmasining gʻarbiy davomi hisoblangan Chaqilikalon togʻining etagida, Samarqand shahridan 35 km narida, viloyatning janubi-sharqiy qismida joylashgan.Ishlab chiqarish hajmi va aholisi boʻyicha Samarqand viloyatida birinchi oʻrinda turadi. Shahar oʻrtasidan Urgutsoy oqib oʻtadi. Zarafshon togʻ tizmasida joylashgan «Yaxdon» G'ori Urgutsoyning boshlanish manbai sifatida e'tiborga sazovordir. Muzdek suv G'orning chuqur qa'ridan chiqib kelayotganligi bois undagi mikroiqlim yozda ham, qishda ham bir xil mo'tadil darajada saqlanadi. Sayyohlar tog' yo'llaridan balandlab mashhur Allayoron cho'qqilarining butun mahobati bilan tomosha qilishlari mumkin.
Urgut tumani Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘ri etagida, Samarqanddan 40 km masofada joylashgan bo‘lib, bu yer o‘zining betakror chiroyi, tog‘ manzarasi bilan hech kimni befarq qoldirmaydi. Tumanning ajib joylari o‘z sirlariga ega, ularning ulug‘vorligi o‘ziga maftun qilib, ko‘lamlari hayratga soladi, ularning sir-asrorlari esa toabad tagiga yetilmaganligicha qoladi.
Urgut tumanidagi g‘ayrioddiy va sirli joylardan biri Urgut markazidan taxminan 6 km masofada joylashgan «Yaxton» konidir. Yaxton dastlab Yaxdon deb atalgan, ya’ni yax - muz (Fors) va don — biror-bir buyum saqlanadigan narsa. Volfram koni o‘z nomini eng yaqin buloqdan olgan bo‘lib, shaxtaning chuqurligi 3,5 km ni tashkil etadi. U yerda butunlay boshqacha dunyoga tushib qolasiz - noodatiy, unutilmas va o‘rganilmagan dunyoga. Yaxton koni ajib go‘zallikka boy va mehmonlarga konchilarning mashaqqatli mehnati sharofati bilan yaratilgan ajoyib «san’at asarlari» ni namoyish etadi. Ushbu kondagi volfram trioksidi zaxirasi hajmi 20 ming tonnadan ortiq deb baholanadi.
Samarqand viloyati Urgut tumaniga tashrif buyurib, maroqli sayohatdan bahramand bo‘lgan holda mahalliy diqqatga sazovor joylar va tog‘ manzaralari go‘zalligidan zavqlanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Teshiktosh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu sirli maskan Samarqandning Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘i, Zarafshon va Turkiston tog‘lari oralig‘iga yaqin nuqtada joylashgan. Samarqand-Kitob yo‘lidan Qoratepa qishlog‘iga kiraverishda o‘ng tomonga e’tibor bersangiz, teshik toshga ko‘zingiz tushadi. U ikki ulkan ko‘chqorning bir-biri bilan shoxlashib turishiga o‘xshaydi.Germaniyalik kinoijodkorlar suratga olgan mashhur «Apachi» filmi xuddi ana shu joylarda suratga olingan. Bu go‘shadagi ulkan, g‘aroyib teshiktosh odamlarni qadimdan o‘ziga maftun etadi. Eroziya va shamollar ta’sirida toshdan go‘zal va maftunkor san’at asari bunyod bo‘lgan. Shu bois odamlar mazkur daradagi toshni «Teshiktosh», deb ataydi. Agar toshga diqqat bilan razm solsangiz, ikki dinozavrning boshi to‘qnashgan holatini ko‘rganday bo‘lasiz. Ana shuning o‘zi ona-tabiatning beqiyos mo‘’jizalarga boyligidan dalolat. Bu esa, jahon kino ustalarini Qoratepaga jalb etmasdan qolmadi. Gap shundaki, 1973 yilda Germaniyaning DEFA kinostudiyasi tomonidan suratga olingan va bosh rolni mashhur kinoaktyor Goyko Mitich ijro etgan «Apachilar» filmining bir qismi Qoratepada, ya’ni «Teshiktosh» joylashgan hududda tasvirga olingan. Bu film mana, necha yildirki, tomoshabinlar qalbidan munosib joy olgan. Ayniqsa, kinoda teshiktosh atrofida hindular bilan kechgan voqealar juda ishonarli chiqqan. Aytishlaricha, film rejissyori suratga olish uchun qulay joy topa olmay, ancha vaqt ovora bo‘lgan. Koʻpchilik unga u izlayotgan joy Urgut tumaning Qoratepa qishlog‘ida borligini aytishgan. Ulkan tosh ham, unga yaqin hudud ham rejissyorga ma’qul tushadi va darhol ishga kirishadi. Natijada biz sevib tomosha qiladigan «Apachilar» filmi dunyo yuzini ko‘rdi. Hindular hayotidan hikoya qiluvchi mazkur kinoasarda dunyo tan olgan aktyorlar bilan birga, shu yerlik aholi vakillari ham ishtirok etgan ekan. Bu esa mazkur filmning haqqoniy chiqishiga xizmat qilgan.
Olimlarning e’tirof etishicha, bu singari toshlarni jahonning sanoqligina davlatlarida uchratish mumkin ekan. Toshning noyobligi shundaki, u o‘zining tuzilishi, hajmi, og‘irligi hamda antiqaligi bilan ajralib turadi. Ana shu jihatlarning o‘ziyoq yurtimiz, qolaversa, Zarafshon vohasining insoniyatni hayratga soladigan antiqa topilmalarga boyligidan dalolat beradi.
Aytgancha, Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy qismidagi Qoratepa qishlog‘i yaqinida uchraydigan granitdan hosil bo‘lgan va turli ko‘rinishga ega katta xarsangtoshlarning ba’zilari inson yuragini eslatib yuborishi sabab, ularga shu yerlik aholi «toshyurak», deb ham nom berishgan.