Umarali Normatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Umarali Normatov — adabiyotshunos, tanqidchi. Umarali Normatov 1931-yil 3-yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952–1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959–1962).

1962-yildan hozirgi kungacha oʻzbek adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, mudir boʻlib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan.

U 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. „Nasrimiz ufqlari“ (1974), „Yetuklik“ (1982), „Qalb inqilobi“ (1986), „Qodiriy bogʻi“ (1996), „Umidbaxsh tamoyillar“ (2000) singari asarlarida yangi oʻzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. Umarali Normatov „Oʻzbekiston fan arbobi“ (1981), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).


Asarlari[tahrir]

  • Normatov U. Janr imkoniyatlari. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1970.
  • Normatov U. Yetuklik. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1982.
  • Normatov U. Qodiriy bogʻi. T.: „Yozuvchi“, 1996.
  • Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. T.: „Ma'naviyat“, 2000.

Adabiyot[tahrir]

  • Yoqubov O. Tanqidchining kamoli. „Sharq yulduzi“ jurnali, 1981, 1-son.
  • Sharafiddinov O. Goʻzallik izlab. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985, 198–208 sahifalar.