Umar ibn Ahmad Dizakiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umar ibn Ahmad Dizakiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Umar ibn Ahmad Dizakiy — (1118—yilda vafot etgan.) [muhaddis]] bo‘lgan.

Abu Hafs Umar ibn Ahmad Shabibiy Dizakiy Qoraxoniylar davrida Samarqand hadis ilmi taraqqiyotiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan. Dastlabki taʼlimni Dizakda zohid alloma zotlardan boʻlmish shayx, imom Ismoil ibn Ahmad Dizakiydan oldi. Juda koʻp hadislarni yod bilishi bilan hofizlik maqomini egalladi. Abu Hafs Nasafiy oʻz asarida 120dan ortiq joyda Umar ibn Ahmad Dizakiyni eslatadi. „Shabib“ Misr qishloqlaridan biri bo‘lib, bobolari tomonidan nisbatidir. Umar ibn Ahmad Dizakiy oʻz zamonasida juda koʻp ulamolarga ustozlik qilgan. Shunday shogirdlaridan biri Abu Hafs Nasafiydir. U oʻz shayxlarini „Tiʼdodu-sh-shuyux li Umar mustatrif ala-l-huruf mustatir“ („Alifbo tartibida berilgan Umarning ustozlari sanogʻi“) asarida birma-bir sanab oʻtgan. Ammo Nasafiyning hadis sohasidagi shoh asari maʼlumotlariga asoslanib, muallif ustozlari orasidan uch muhaddisni alohida ajratib koʻrsatish mumkin, bular — Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik ibn Ali ibn Muso ibn Isrofil Nasafiy (XI-XII asrlar), Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad Nofila (503/1109—yilda vafot etgan) va Umar ibn Ahmad Dizakiy Alloma 511/1118—yilda Samarqandda vafot etgan va Chokardiza qabristonining „Mashhadu-l-aimma“ qismining tash­qarisiga dafn etilgan[1].





Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Али ибн Ҳибатуллоҳ ибн Абу Наср. Ал-икмал фи рафъи-л-иртийаб. Ж. 5. – Б 125; Атаев М. Жиззах алломалари. – Б. 63.