Umar al-Jizzaxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umar al-Jizzaxiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1131-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Umar al-Jizzaxiy (arabcha: عمر الديزكى — Umar ibn Shuʼayb ibn Abulqosim as-Sarrom al-Jizzaxiy) — Muhaddis. Samarqandga qarashli Jizzax qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni shu yerda olgan.

Ustozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umar al-Jizzaxiy Xoqondagi barcha shaharlarda harbiy qozi boʻlgan. U "Sihoh" toʻplamlari boʻyicha nahvshunos (arab tili grammatikachisi) Abduljabbordan oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan. Shu bilan birga Kalobodiy asaridagi xabarlarning maʼnolarini ham oʻrgangan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umar al-Jizzaxiy 525/1131-yili vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 2. — Bayrut, 1979. — B. 526