Umar al-Bashir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Umar Hasan Ahmad al-Bashir
عمر حسن أحمد البشير
Umar Hasan Ahmad al-Bashir عمر حسن أحمد البشير
16-oktabr 1993dan — 11-aprel 2019
Hukumat boshlig‘i: Salva Kiir Mayardit
Ali Usmon Taha
Vorisi: xunta
 
Tavalludi: 1-yanvar 1944 (1944-01-01) (76 yosh)
Hosh Bannaga, Ingliz-Misr Sudani
Xotini: Fotima Xalid
Partiyasi: Milliy Kongress
 
Mukofotlari:

Serbiya Respublikasi lentali ordeni

Umar Hasan Ahmad al-Bashir (arabcha: عمر حسن أحمد البشير, tavalludi: 1-yanvar, 1944), Sudan Prezidenti hamda Sudan Milliy Kongress firqasi raisi (1993-2019). Hukumat tepasiga 1989-yilgi toʻntarilish natijasida kelgan, bungacha u Sudan Qurolli Kuchlari polkovnigi edi. 2019-yilda harbiy toʻntarish natijasida hokimiyatdan agʻdarilgan va uy qamogʻiga tashlangan.[1]

Umar al-Bashir hukumati 2004-yili Janubiy Sudanga muxtoriyat berib, XX asr ikkinchi yarmining eng qonli urushlaridan biri boʻlmish Sudandagi ikkinchi fuqarolar urushini yakunlashga muvaffaq boʻldi. Biroq al-Bashir hukumati Darfur ziddiyati va unda 200 000 dan 400 000[2] gacha odam oʻlimiga olib kelgan qatliom uchun masʼul koʻrilib, qatʼiy tanqid qilinmoqda. Ish hatto Xalqaro jinoiy mahkamasi (XJM) tomonidan al-Bashirni hibsga olish haqida qaror chiqarilishiga olib keldi (4-mart, 2009),[3] 2019-yil 14-dekabrda sud hukmi bilan umrbod axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi[4]. 2020-yil 24-mayda unga tegishli 4 milliard dollar musodara qilindi[5]

Manbalar[tahrir]