Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻbek Lapasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulugʻbek Xidirovich Lapasov

Xalqaro intellektual mulk tashkiloti Bosh direktori Daren Tang (o‘ngda) 2022-yil 7-mart kuni BMTning Jenevadagi bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekiston doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasovdan Marokash shartnomasiga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni olmoqda
 Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili
 
Mansab davri
2023-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Ibragimov
 Oʻzbеkistоnning BMT Jeneva boʻlimidagi vakili
 
Mansab davri
2018-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Lola Karimova-Tillayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-oktyabr 1982-yil (1982-10-14) (42 yosh)
Samarqand

Ulugʻbek Xidirovich Lapasov — oʻzbek diplomati, 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili[1]. 2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkiloti Jenevadagi boʻlimi va boshqa xalqaro tuzilmalardagi doimiy vakili[2]. 2022-yildan BMTning inson huquqlari kengashi vitse-prezidenti[3].

2000—2005 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, xalqaro munosabatlar bakalavriati. Fransuz, ingliz, rus, oʻzbek (ona) tillarini biladi.

2005—2006 — Jan Mulen Lion universiteti magistraturasi.

2006—2007 — Fransiya milliy administratsiya maktabi maxsus kurslari.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004—2006 — Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi, Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalarida referent.

2006—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO bilan hamkorlik departamentida referent, attashe.

2008—2012 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy delegatsiyasida uchinchi kotib.

2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO bilan hamkorlik boshqarmasida boʻlim boshligʻi.

2014—2016 — Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida birinchi kotib.

2016—2018 — Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi, muvaqqat ishlar vakili.

2018-yil sentabrdan hozirgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Jenevadagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili.

2022-yildan BMTning inson huquqlari kengashi vitse-prezidenti.

2023-yil 7-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili[4].