Ulugʻbek Lapasov
Ulugʻbek Xidirovich Lapasov | |
---|---|
![]() BIMT Bosh direktori Daren Tang (o‘ngda) 2022-yil 7-mart kuni BMTning Jenevadagi bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekiston doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasovdan Marokash shartnomasiga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni oldi | |
Oʻzbеkistоnning BMT Jeneva boʻlimidagi vakili | |
Mansab davri 2018-yildan — | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Lola Karimova-Tillayeva |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-oktabr 1982-yil Samarqand |
Ulugʻbek Xidirovich Lapasov — oʻzbek diplomati, 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkiloti Jenevadagi boʻlimi va boshqa xalqaro tuzilmalardagi doimiy vakili[1]. 2022-yildan BMTning inson huquqlari kengashi vitse-prezidenti[2].
Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
2000—2005 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, xalqaro munosabatlar bakalavriati. Fransuz, ingliz, rus, oʻzbek (ona) tillarini biladi.
2005—2006 — Jan Mulen Lion universiteti magistraturasi.
2006-2007 — École nationale d’administration maxsus kurslari.
Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2004—2006 — Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi, Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalarida referent.
2006—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO bilan hamkorlik departamentida referent, attashe.
2008—2012 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy delegatsiyasida uchinchi kotib.
2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO bilan hamkorlik boshqarmasida boʻlim boshligʻi.
2014—2016 — Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida birinchi kotib.
2016—2018 — Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi, muvaqqat ishlar vakili.
2018-yil sentabrdan hozirgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Jenevadagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili.
2022-yildan BMTning inson huquqlari kengashi vitse-prezidenti.