Ulugʻ kun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ulugʻ kun
Muallif Iboxon
Janr qissa
Til oʻzbek
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1982
Sahifalar soni 76

„Ulugʻ kun“oʻzbek yozuvchisi Iboxon qalamiga mansub qissa. 1982-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1] Asar rasmlarini Z. Trasinova chizgan.

Asarda Ikkinchi jahon urushi yillari davomida ota-onasidan ajralgan bolalar hayoti haqida hikoya qilinadi.

Syujet[tahrir]

Bosh qahramonlar Hasan va Zuhraning otasi urushga chaqiriladi va bolalarini qoʻshni ayol Qumri xolaga topshiradi. Otalarining iltimosiga koʻra, Qumri xola bolalarni maxsus hunar maktabiga yuboradi.

Maktab direktori va boshqalar ularni juda yaxshi kutib oladi. Zuhra oʻzi xohlaganday elektroobmotka sexida, Hasan esa slesar-remontchilik boʻlimida ishlashni boshlaydi. Lekin Hasan mashinist boʻlishni xohlagandi. Hasanning istagini bilgan oʻqituvchilari uch yilda slesarlikni tamomlagandan keyin, uni mashinistlarni oʻqituvchi maxsus maktabga yuborishga vaʼda berishadi.

Uch yildan soʻng Zuhra oʻzi xohlaganday elektrik boʻlib yetishadi. Hasan esa mashinistlikni oʻrganish uchun maxsus oʻqishga yuboriladi. Oradan yillar oʻtib, Hasan ham mashinist boʻlib yetishadi. Oʻqituvchilari Hasan va Zuhradan juda mamnun boʻlishadi. Hasan va Zuhra otalari xohlaganday yaxshi hunar egalari boʻlib yetishishadi.

Qahramonlar[tahrir]

  • Hasan – ota-onasidan yetim qolgan oʻsmir; bosh qahramon
  • Zuhra – Hasanning singlisi; bosh qahramon
  • Qumri xola – qoʻshni ayol
  • Gorbunov – maxsus hunar maktabi direktori
  • Kuznetsov – maktab bosh masteri
  • Tursunov – komsorg
  • Omonov – bosh tarbiyachi
  • Yoʻldosh – Hasanning doʻsti

Manbalar[tahrir]

  1. Ulugʻ kun. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 23.09.2016.