Ubsunur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ubsunur, Ubsa — Mongoliyaning shim.gʻarbiy qismidagi oqmas shoʻr koʻl. Shim.gʻarbiy qismi Tiva (RF) hududida. Maydoni 3350 km², 753 m balandlikda joylashgan. Sohillari tekis, choʻl landshaftli. Noyab.dan aprelgacha suvi muzlaydi. UN.ga Tes, NariynGoʻl daryolari quyiladi.

UVADA GAZ KONI — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi kon, Qarshi sh.dan 65 km shim.sharqda. 1968-yilda ochilgan, 1981-yildan foydalanishga topshirilgan. U.g.k. maydoni kenglik boʻyicha choʻzilgan braxiantiklinaddan iborat. Neokomapt yarusining burma uz. 5,7 km, eni 3,5 km, bal. 250 m. Janubiy qanot jinslarining yotish burchagi 5—6°, shim. 7—8°. Burma 2 ta yer yorigʻi bilan murakkablashgan, ulardan birinchisi burmaning markaziy qismidan kenglik boʻyicha, ikkinchisi burma choʻziqligiga koʻndalang yoʻnalishda oʻtadi. Kon paleozoy (30 m qalinlikda), mezozoy va kaynozoy yotqiziklariga mansub. Sanoat miqyosidagi gaz yirik va mayda zarrali qumtoshlardan tarkib topgan, gid va alevrolit qatchalari bilan qavatlangan gorizontlarda aniqpangan. Gorizontning umumiy qalinligi 37–45 m, gaz oʻtqazuvchan qatlarning umumiy qalinligi 15 – 20 m. Gʻovakliligi 14,6%, gazga toʻyinganligi 0,62. Gaz uyumi qatlamli, gumbazsimon, 742–748 m chuqurlikda joylashgan, oʻlchami 4x1,6 km, bal. 80 m. Gaz debita 63,2 dan 165,2 ming m³/sutka. Kondan hozirgi kunda foydalanilmokda.