Ubay Orifovich Orifov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Orifov Ubay Orifovich (1905.15.6, Qoʻqon — 1976.24.12, Toshkent) — fizik olim, davlat va jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959). Fizikamat, fanlari doktori (1954), professor (1956). Oʻzbekiston ped. akademiyasini tugatgan (1931). Qoʻqon paxtachilik institutida (1932—34), Oʻzbekiston Davlat Universitetida (1935—41) ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti (1945-56, 1963-67), Yadro fizikasi instituti direktori (195662, 1967-69), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1962— 66), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Elektronika instituti direktori (1966—76). O.ning asosiy ilmiy ishlari fizik elektronika, yadroviy va radiatsion fizika, gelioenergetika, paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berish masalalariga bagishlangan. O. tomonidan fanda hali nomaʼlum boʻlgan hodisalar: qattiq jismga atom zarralari taʼsir etganda roʻy beruvchi koʻplab murakkab jarayonlar, ikkilamchi ionlar va elektronlarning har xil guruxlarini topish va ajratish, qattiq jismlar sirtining xossalarini oʻzgartirish usullari aniklangan va shu asosda elektron texnika, mikroelektronika va mashi-nasozlik materiallariga ishlov berish usullari yaratilgan. U paxtachilik va paxta sanoatining taraqqiyotiga hamda xalq xoʻjaligida quyosh energiyasidan foydalanish muammolariga katta eʼti-bor berdi. O. rahbarligidagi tadqiqotlar natijasida urugʻlik va texnik chi-gitni toʻla tuksizlantirish, ularni saralash va tozalash muammolari hal etildi, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish va geliotexnik qurilmalar yaratish boʻyicha ishlar amalga oshiriddi. O. tashabbusi bilan 1965 yildan boshlab Toshkentda "Geliotexnika" xalqaro jurnal nashr etila boshlandi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Elektronika intiga va Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Vzaimodeystviye atomnix chastits s poverxnostyu metalla, T., 1961; Vzaimodeystviye atomnix chastits s poverxnostyu tverdogo tela, M, 1968.