Tuyaqushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tuyaqushlar (Struthioniformes) -koʻkrak tojsiz qushlar turkumi. 1 oila, 1 urugʻ va 1 turi — afrika tuyaqushi bor. Hindiston, Xitoy, Mongoliya, Eron, Ukraina va Gretsiyadan qazilma qoldiqlari maʼlum. Hozirgi Afrikada 3 kenja turi tarqalgan. Boʻyi 270 sm, ogʻirligi 80–90 kg . Ucholmaydi; oyoklari baquvvat; koʻrish, eshitish organi yaxshi taraqqiy etgan; soatiga 70 km gacha yuguradi. Uyasini yerga yasaydi; 7— 9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumi yirik, uz. 150 mm, ogʻirligi 1,5, baʼzan 2 kg gacha. Tuxumini kechasi nari, kunduzi modasi 40 kun bosadi. 3 yoshda voyaga yetadi. Asosan, oʻsimliklar, hasharotlar, mayla umurtqali hayvonlar bilan oziqlachadi. Goʻshti va tuxumi mazali; patlami chiroyli. Bir qancha mamlakatlarda tutqunlikda koʻpaytirilmoqda.