Tuyaboʻgʻiztepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuyaboʻgʻiztepa — ilk oʻrta asrlarga mansub daxmali tepaliklar (mil. 5— 8-asrlar). Tuyaboʻgʻiz suv ombori (Toshkent dengizi)ning shimoli-gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida, Oʻrtaboz degan joyda joylashgan. 1959—61y.larda (T. Aʼzamxoʻjayev) oʻrganilgan. Daxmalar tepalik koʻrinishida, boʻyi 2 m, diametri 15- 20 m boʻlgan. Baʼzi daxmalar katakombali inshootlar boʻlib, 2,6x2 m li xonalarga ajratilgan. Mehnat qurollari, sopol idishlar, temir pichoq, tanga, marjon, chigʻanoqlar chiqqan. Baʼzi daxmalardan nauslar ochilgan. Ulardan tartibsiz suratda qoʻyilgan, silindr shaklidagi ossuariy va skeletlar topilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Tuyaboʻgʻiztepa" OʻzME. T-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil