Turgʻun Ahmedov
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Turgʻun Ahmedov (1925, Mirzachoʻl shaharchasi, hozirgi Guliston shahri – 1944.30.7) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1-Moskva oʻqchi diviziyasi 169-polkining jangchisi, kichik serjant. 1944-yil 14-iyulda Litvaning Alitus shahri yaqinida Neman daryosini birinchilardan boʻlib kechib oʻtib, dushmanning qarshi hujumini qaytarib turgan. 1944-yil 30-iyulda Litvaning Alitus tumanida qahramonlarcha halok boʻlgan. Neman daryosidan oʻtish paytida koʻrsatgan jasorati uchun Ahmedovga oʻlimidan keyin Qahramon unvoni berilgan (1945-yil 2-mart).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |