Kontent qismiga oʻtish

Tulsadagi tartibsizliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tulsadagi tartibsizliklar
Part of Afrika-Amerika tarixi, AQShdagi ommaviy irqiy zoʻravonlik, AQShdagi terrorizm, Amerikaliklarning irqiy munosabatlari va afro-amerikaliklarga qarshi irqchilik

Greenwooddagi uylar va korxonalar
Location
Greenwood kvarteli, Tulsa, Oklaxoma, AQSH
Sana 31-may – 1-iyun 1921-yil
Natija 800+ kishi jarohatlangan
183 kishi jiddiy jarohatlangan[1]

Tulsadagi tartibsizliklar (shuningdek, Tulsa Massacre[2][3][4][5], Tulsa Pogrom[6][7][8], 1921-yil 30-may – 1-iyun) – oq tanlilarning „qora“ tanlilar mahallalariga uyushtirgan hujumi. Gʻalayon Amerika Qoʻshma Shtatlari, Oklaxoma shitatining Tulsa kvartalida sodir boʻlgan.

Tulsadagi gʻalayon Qoʻshma Shtatlar tarixidagi eng yirik irqiy zoʻravonlik harakatlaridan biri hisoblanadi. Oʻsha paytda oq tanlilar Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning eng boy mahallasi boʻlgan Greenwoodning 35 dan ortiq kvartallarini vayron qilinganlar.

Tulsadagi gʻalayonda 800 dan ortiq odam jarohatlangan va kasalxonalarga yotqizilgan, 6000 dan ortiq afro-amerikaliklar hibsga olingan[9]. Amerika Qizil Xoch tashkiloti Tulsadagi gʻalayonda 350 dan ortiq oʻlimni qayd etgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tartibsizliklar 1921-yil 30-may kuni boshlangan. Tartibsizliklarga 19 yoshli poyabzal tozalovchi Dik Roulandning 17 yoshli oq tani lift operatori Sara Peyjga hujum qilganlikda ayblanishi sabab boʻlgan. Shahar sherifi Uillard Makkallo oq tanli detektiv Genri Karmayklni ish boʻyicha chaqirdi, u qora tanli politsiyachi Genri Pak bilan birga Roulendni hibsga oldi va uni Tulsa shahar qamoqxonasiga joylashtirgan. Roulend hibsga olingandan soʻng, afro-amerikaliklar uni linch qilishdan qoʻrqishgan. 31-may kuni qamoqxona binosi oldida oq tanlilarning qurollangan olomoni, jumladan Ku Klux Klanning koʻplab aʼzolari toʻplandi. Biroq qamoqxonani politsiyadan tashqari 85 nafar mahalliy qora tanli Birinchi jahon urushi faxriylari qoʻriqlagan. Militsiya Roulendning oʻldirilishiga yoʻl qoʻymasliklarini aytganlar. Shunga qaramay otishma boshlangan va unda 12 kishi halok boʻlgan (oʻnta oq tanli va ikkita afro-amerikalik halok boʻlgan).

Afro-amerikaliklarning halok boʻlgani haqidagi xabar butun shaharga tarqalishi bilanoq Greenwoodning afro-amerikalik mahallalarida gʻalayon boshlangan. 1-iyun kuni minglab oq tanlilar doʻkonlar va uylarni sindirib, yoqib yubordilar. Greenwood koʻchalarida otishmalar boʻlib oʻtgan. Afro-amerikaliklar asosan derazalar, chodirlar va tomlardan oʻq uzishgan. Samolyotlardan foydalanish afro-amerikaliklarga tartibsizlik toʻlqinni oʻzgartirishga yordam bergan. Shahar aerodromida mahalliy Ku Klux Klan tashkilotiga va shahar pochta transporti aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan 8 dan 12 tagacha ikki oʻrindiqli Curtiss JN-4 „Jenni“ nomli oʻquv va sport samolyotlari mavjud edi. Klan aʼzolari orasida parvozga tayyorgarlik koʻrgan odamlar ham bor edi, shuning uchun ertalab soat 9 da Greenwoodni havodan bombardimon qilish boshlangan. Afro-amerikaliklar qora tanlilar mahallalariga dinamit va qoʻlbola oʻt qoʻyuvchi bombalarni tashlashgan. Bu butun hududda yongʻin sodir boʻlishiga sabab boʻgan. Tartibsizliklar davomida yongʻinlarni hech kim oʻchirmagan, natijada yarim soat ichida koʻchalarida joylashgan kottejlarni butunlay alanga qoplagan (Greenwood butunlay yonib ketgan). 10 mingga yaqin afro-amerikaliklar uy-joylari va mulklaridan ayrilgan. Zarar 2 million dollardan ortiqni tashkil qilgan (2018-yilda 31-million dollar).

Oʻsha kuni Tushga yaqin shaharga sherif tomonidan shoshilinch ravishda chaqirilgan 110 kishidan iborat milliy gvardiya otryadi pulemyot bilan yetib kelgan. Ammo uning qoʻmondoni Greenwood tashqarisidagi bir nechta yirik jamoat binolarini qoʻriqlash bilan cheklanib, sodir boʻlayotgan voqealarga aralashmaslikni tanlagan. Bu binolarda pogromlardan qochgan getto aholisi boshpana topgan edi. Sherif tomonidan 6 mingdan ortiq odam, asosan ayollar, qariyalar va bolalar qutqarilgan.

Dastlab oʻlganlar soni 77 kishi deb baholangan, keyinchalik esa oʻlganlar soni 350 ga yetgan (Amerika Qizil Xochining rasmiy hisobiga koʻra, ulardan ellikka yaqini oq tanlilar, qolganlari qora tanlilar edi). Greenwoodning deyarli barcha binolari, jumladan 1256 ta turar-joy, savdo va kommunal binolari yonib ketgan[10].

Tergov jarayonlar juda tez yakunlangan va barcha ayblar oq tanli „faollarga“ yuklangan. Biroq, hibsga olingan Greenwoodni himoya qilganlarining hech biri sudlanmagan. Hibsga olinganlarning hammasi, jumladan, zoʻrlash ayblovi boʻyicha qamalgan Rouland ham ozodlikka chiqarilgan. Moddiy zarar toʻgʻrisidagi daʼvolarni sud rad etgan. Natijada, sug'urta kompaniyalari qurbonlarga bir sent ham toʻlamagan.

Sherif Uillard Makkallo oʻzining avvalgi lavozimida ishlashda davom ettirgan. Dik Rouland va uning oilasi Tulsani abadiy tark etishgan. Aksariyat qora tanlilar ham shaharni tark etishgan. Greenwood bir necha yil ichida qayta tiklandi, lekin avvalgi koʻrinishiday boʻlmadi.

Tatibsizlik qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va tirik boʻlgan fuqarolarga tovon toʻlash masalasi faqat 90-yillarda koʻtarilgan. Ushbu voqealar haqida birinchi dramatik kitob 1992-yilda nashr etilgan. Qurbonlar xotirasi yodgorligi esa 2010-yilda ochilgan[11].

Madaniyat va sanʼatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Amerikaning „Qoʻriqchilar“ dramasi 1921-yilda Tulsadagi voqealar bilan bogʻliq.
  • Amerikaning Lovecraft Country drama teleserialida bosh qahramonning oilasi haqidagi hikoya Tulsadagi voqealar bilan bogʻliq.
  • Yozuvchi Rendi Pinkning " Greenwood farishtasi „ tarixiy romani Tulsadagi tartibsizliklarga asoslangan[12].
  • Tulsadagi tartibsizliklar rejissyor Martin Skorseze tomonidan suratga olingan “Gul oyining qotillari" filmida tilga olingan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Uillows 1921, s. Andoza:Sahifa kerak.
  2. „The history of the Tulsa race massacre that destroyed America's wealthiest black neighborhood“ (2016-yil 21-sentyabr). 2018-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  3. „Tulsa, 1921 – The Nation“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  4. Rao, Sameer „It's Been 96 Years Since White Mobs Destroyed Tulsa's Black Wall Street – Colorlines“ (2017-yil 31-may). 2018-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  5. „Monica Moorehead, U.S. ethnic cleansing: The 1921 Tulsa Massacre“. www.hartford-hwp.com. 2019-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  6. Braswell, Sean „The Forgotten Racial Massacre in America's Heartland“. 2019-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  7. „Tulsa Still Hasn't Faced the Truth About the Race Riot of 1921“. historynewsnetwork.org. 2015-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  8. „Why "Race Riot"? On the Need to Change a Misleading Term“. 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  9. Messer, Chris M., Krystal Beamon, and Patricia A. Bell. „The Tulsa Riot of 1921: Collective Violence and Racial Frames“, The Western Journal of Black Studies 37, no. 1 (2013): 50-59.
  10. „Вячеслав Кондратьев. Было дело в Оклахоме“. 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-may.
  11. „Михаил Онуфриенко. Бомбардировка «нефтяной столицы мира» в США“. 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-may.
  12. „The History In 'Angel Of Greenwood' Could Not Be More Timely“. NPR (2021-yil 16-yanvar). 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]