Kontent qismiga oʻtish

Tripanosoma brucei

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tripanosoma brucei
[[Fayl:|220px|alt=|]]

Tripanosoma brucei — Afrikaning Sahroi Kabirida uchraydigan Tripanosoma jinsiga mansub parazit kinetoplastidlar turi. Odatda qon va toʻqima hujayralarida hayot kechiradigan boshqa protozoa parazitlaridan farqli ravishda, u hujayradan tashqarida boʻlib, qon plazmasi va tana suyuqliklarida yashaydi[1]. U xoʻjayin orqali yuqadi va oʻlimgacha olib keladigan kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bruceidan boshqa bu turga mansub parazitlar ham mavjud boʻlib, ulardan Afrika tripanosomasi- odamlarda uyqu kasalligi keltirib chiqaradi, qoramol va otlarda hayvonlarning tripanosomasi yoki nagana parazitlik qiladi.[2] Bu uchta kichik turga birlashtirilgan turlar majmuasi:T.b.brucei, T. b.gambiense va T. b.rhodesienselar hisoblanadi. Birinchisi odamdan boshqa sutemizuvchilarning paraziti boʻlib, nagana qoʻzgʻatadi, ikkinchisi esa zoonoz boʻlib, odamlar va hayvonlarda ham parazitlik qiladi va Afrika tripanosomiaz kasalligini keltirib chiqaradi.

T. brucei sutemizuvchilar oʻrtasida turli xil turlarga mansub hasharotlar tashuvchisi tomonidan tarqatiladi. Masalan: tsetse chivinlari (Glossina). Hasharotlar qon bilan oziqlanish vaqtida tishlash orqali parazitni yuqtiradi. Parazitlar hayot aylanish jarayonida hasharotlar va sutemizuvchilar oʻrtasida harakat qilganda murakkab morfologik oʻzgarishlarga uchraydi. Sutemizuvchilarning qon oqimida parazit shakllari oʻzlarining hujayra yuzasi oqsillari, antigenlik xususiyatlari oʻzgaruvchan sirt glikoproteinlari bilan xoʻjayin organizm immunitetidan himoyalanadi. Shuningdek, Brucei qon-miya toʻsigʻini kesib oʻtishi aniqlangan bir nechta patogenlardan biridir[3]. Parazit kasaliklaridan davolanishda yngi dori terapiyasini ishlab chiqishga shoshilinch ehtiyoj bor, chunki hozirgi davolashlar kerakli natijani bermayapti va bemor uchun oʻlimga olib kelishi mumkin[4].

Parazit 1894-yilda ser Devid Bryus tomonidan kashf etilgan boʻlib, uning nomi 1899-yilda berilgan[5][6].

Tarixi va kashf etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yozuvlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayvonlardagi uyqu kasalligi qadimgi Misr yozuvlarida tasvirlangan. Oʻrta asrlarda arab savdogarlari Afrikaliklar va ularning itlari orasida uyqu kasalligining tarqalishini taʼkidladilar[7]. Bu XIX asrda Afrikaning janubiy va sharqiy qismidagi asosiy yuqumli kasallik hisoblangan. Zulu Qirolligi (hozirgi Janubiy Afrikaning bir qismi) kasallikdan qattiq jabr koʻradi. Kasallik inglizlarga nagana nomi bilan maʼlum boʻladi, u zulucha soʻz boʻlib, „ruhiy tushkunlik“ degan maʼnoni anglatgan. Afrikaning boshqa qismlarida yevropaliklar buni „chivin kasalligi“ deb atashgan[8][9].

Uganda, Buruma orolida uyqu kasalligiga chalingan erkak.

1734-yilda ingliz dengiz jarrohi Jon Aktins inson uyqu kasalligining birinchi tibbiy tavsifini berdi. U Gvineyadagi „uyqusimon kasallik“ deb atagan oʻlimlarni infeksiya bilan bogʻlik ekanligini takidladi[10]. Yana bir ingliz shifokori Tomas Masterman Vinterbottom 1803-yilda Syerra-Leonedan kelgan simptomlarni aniqroq tavsiflab berdi. Vinterbottom kasallikning asosiy xususiyatini servikal orqa limfa tugunlarining shishishi va bunday shishlar paydo boʻlgan qullar savdoga yaroqsiz deb taʼriflagan[10]. Kasallik alomalariga koʻra bu „Winterbottom belgisi“ deb nomlanadi[11].

Parazitning kashfiyoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirollik armiyasi tibbiyot korpusi 1894-yilda Janubiy Afrikada nagana kasalligini tekshirish uchun oʻsha paytda Netleydagi armiya tibbiyot maktabida patologiya boʻyicha dotsent boʻlgan David Bruceni armiyada kapitan unvoni bilan tayinladi. Kasallik mahalliy qoramollar va Britaniya armiyasi otlari orasida tarqalgani aniqlandi. 1894-yil 27-oktabrda Bruce va uning mikrobiolog rafiqasi Meri Elizabet Bruce (qizlik ismi Stil) kasallik eng keng tarqalgan Ubombo tepaligiga koʻchib oʻtdi[12].

Tekshiruvning oltinchi kunida Bryus kasal sigirlarning qonidan parazitlarni aniqladi. U dastlab ularni oʻziga xos filariya (mayda dumaloq qurtlar) deb atadi, yil oxiriga kelib parazitlar „gematozoa“(protozoa) ekanligini va naganaga sabab boʻlayotgani aniqladi. Bu Tripanosoma brucei ning ilk kashf qilinishi edi[13]. Ilmiy nom Ingliz zoologlari Henri Jorj Plimmer va John Rouz Bredford tomonidan 1899-yilda Tripanosoma brucii nomi bilan yaratilgan. Tripanosoma jinsini venger shifokori David Grubi 1843-yilda qurbaqalarda tajriba oʻtkazib aniqlaydi[14].

Ugandada parazitni odam yuqtirgan birinchi holat 1898-yilda qayd etilgan[15] Undan keyin epidemiya 1900-yilda avj oldi[16]. 1901-yilga kelib, oʻlim soni 20 000 ga yaqinlashib ahvol yanada boʻlgan holda ogʻirlashdi[17]. Yigirma yil davom etgan epidemiyada 250 mingdan ortiq odam halok boʻldi[16]. Kasallik odatda „negro letargiya“ nomi bilan mashhur[18][19]. Inson uyqu kasalligi va nagana oʻxshashmi yoki bu ikki kasallik oʻxshash parazitlardan kelib chiqqanmi, nomaʼlum[20]. Hatto Forde va Duttonning kuzatishlari ham tripanosomaning uyqu kasalligi bilan bogʻliqligini aniqlab bera olmadi[21].

Inson tripanosomalarining kashfiyoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Britaniyalik mustamlakachi jarroh Robert Michael Forde birinchi boʻlib odamda parazitni topdi. U buni 1901-yilda Gambiyaning Baturst shahridagi kasalxonaga yotqizilgan ingliz paroxod kapitanida aniqlaydi. Uning 1902-yildagi hisoboti shuni koʻrsatadiki, parazit oʻziga xos filarial qurt ekanligi maʼlum boʻlgan[22]. Xuddi shu odamda Fordening hamkasbi Jozef Everett Dutton Tripanosoma jinsiga mansub protozoa parazitini aniqladi.

T. brucei turlar jamlanmasi boʻlib, unga quyida turlar kiradi:

  1. T. brucei gambiense- odamlarda sekin boshlangan surunkali tripanosomiaz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu koʻpincha markaziy va gʻarbiy Afrikada uchraydi, asosiy xoʻjayini odamlar hisoblanadi[23]. 1973-yilda David Herst Molyneux birinchi boʻlib yovvoyi va uy hayvonlarida ushbu shtammning infeksiyasini aniqlaydi[24][25]. 2002-yildan parazitni uy hayvonlar, jumladan, qoramollar ham yuqtirganligi haqida maʼlumotlar mavjud[25]. U barcha Afrika odamlarida tripanosomiaz kasalligining 98 % da mavjuddir va taxminan 100 % oʻlimga olib kelgan[26].
  2. T. brucei rhodesiense- odamlarda tez boshlanadigan oʻtkir tripanosomiazni keltirib chiqaradi. Yuqori zoonoz parazit boʻlib, u Afrikaning janubiy va sharqiy qismida tarqalgan. Ov hayvonlari va chorva mollari asosiy xoʻjayini hisoblanadi[23].
  3. T. brucei brucei- Tripanosomaning bir qancha boshqa turlari bilan birga asosan hayvonlar tripanosomiazini keltirib chiqaradi.T. b. brucei tripanosoma litik omil-1 (TLF-1) tomonidan lizisga moyilligi tufayli odamlar uchun yuqumli emas[27][28]. Ammo u parazitning boshqa inson-infeksiyali kichik turlar bilan bogʻliq va asosiy xususiyatlarga koʻra oʻxshahs boʻladi[29]. Faqat kamdan-kam hollarda T. b. brucei odamga yuqadi[30].
Tsetse chivinining oʻrta ichakchasidagi protsiklik shakldagi SEM notoʻgʻri rangli mikrografi . Hujayra tanasi toʻq sariq rangda, flagellum esa qizil rangda. 84 piksel/mkm.

T. brucei tipik bir hujayrali eukaryotik hujayra boʻlib, uzunligi 8 dan 50 mkm gacha. Uning tanasi choʻzilgan va toraygan. Hujayra membranasi (pellikula deb ataladi) hujayra organellalarini (yadro, mitoxondriya, endoplazmatik retikulum, Golji apparati va ribosomalarni)oʻrab turadi. Bundan tashqari, minglab mitoxondriyalar majmuasi boʻlgan kinetoplast deb ataladigan organella ham mavjud[31]. Kinetoplast bazal tana yonida joylashgan boʻlib, uni mikroskop ostida ajratib boʻlmaydi. Bazal tanasidan oldingi uchi tomon choʻzilgan bitta flagellum paydo boʻladi. Tana yuzasi boʻylab flagellum toʻlqinli membranani hosil qiladi va hujayra membranasiga yopishadi. Old uchida faqat flagellumning uchi boʻsh boʻladi[32]. Qon oqimi shaklining hujayra yuzasida turli xil sirt glikoproteinlarining (VSG) zich qatlami boʻlib, parazit tsetse pashshasining oʻrta ichakchasidagi protsiklik fazaga differensiyalanganda bir xil darajada zich protsiklin qatlami bilan almashtiriladi[33].

Tripanosomatidlarning oltita asosiy morfologiyasi. T.brucei hayotining turli bosqichlarida tripomastigota va epimastigota morfologik toifalariga kiradi.
Flagellar tuzilishi
Hayot sikli

T. brucei oʻzining hayot siklini tsets pashshasi (Glossina jinsi) va sutemizuvchilar: odamlar, qoramollar, otlar va yovvoyi hayvonlar doirasida yakunlaydi[34].

Infeksiya tsetse pashshasi sutemizuvchilar terishini tishlaganida organizmga tushadi. Pashsha teri toʻqimalariga metatsiklik tripomastigotalarni yuboradi. Tripomastigotlar limfa tizimiga va qon oqimiga kiradi. Dastlabki tripomastigotlar qisqa va dagʻal boʻladi (SS)[35]. Ular tana yuzasida sirt glikoproteinlari deb ataladigan antigenik makromalekulalarni ishlab chiqarish orqali organizmning immunitet tizimidan himoyalangan. Qon oqimiga kirgach, ular uzun va nozik shakllarga (LS) aylanadi. Keyin, ular ikkiga boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi. Qiz hujayralarining baʼzilari yana kalta boʻlib qoladi[36]. Ulardan baʼzilari oraliq shakllar sifatida qolib, uzun va qisqa shakllar orasidagi oʻtish bosqichini boshlaydi[37]. Uzun ingichka shakllar qon tomirlari endoteliyasiga kirib, ekstravaskulyar toʻqimalarni, shu jumladan markaziy asab tizimi (CNS)[38] va homilador ayollarda yoʻldoshni bosib olishga qodir[39].

Faqat urgʻochilar infeksiya yuqtiruvchi Bezgal chivinlari va qum chivinlaridan farqli, tsetse pashshalarining ikkala jinsi ham qon bilan oziqlanadi va teng ravishda tripanosomalarni tashiydi[40]. Qisqa va qoʻpol tripomastigotlar (SS) qon bilan oziqlanadigan tsetse chivinlari tomonidan yuqtirib olinadi[41].Tripomastigotlar pashshaning oʻrta ichakchasiga kirib, protsiklik tripomastigotlarga aylanadi, chunki ular VSGʻlarini protsiklinlar deb ataladigan boshqa oqsil qoplamalari bilan almashtiradilar. Pashsha qon tarkibidagi immunitet omillaridan ovqat hazm qilish tizimiga zarar yetkazganligi sababli, u infeksiyani bostirish uchun serpinlarni ishlab chiqaradi. GmmSRPN3, GmmSRPN5, GmmSRPN9 va ayniqsa GmmSRPN10 ni oʻz ichiga olgan serpinlar keyinchalik oʻrta ichak infeksiyasi uchun parazit tomonidan oʻzlashtiriladi va ulardan qon tarkibidagi tripanolitik omillarni faolsizlantirish uchun ishlatiladi.Bu esa pashsha organizmini yashashga yaroqsiz holga keltiradi[42].

Ikkiga boʻlinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tripanosoma hujayra sikli (protsiklik shakl)

T. brucei koʻpayishi koʻpchilik eukariotlarga nisbatan boshqacha usulda kechadi. Yadro membranasi butunligicha qoladi. Mitoz jarayonida xromosomalar kondensatsiyalanmaydi. Bazal tana, aksariyat eukariotik hujayralarning sentrosomalaridan farqli, shpindelni tashkil qilishda rol oʻynamaydi va uning oʻrniga kinetoplastning boʻlinishida ishtirok etadi.

  1. Bazal tanasi koʻpayadi va ikkalasi ham kinetoplast bilan bogʻlangan boʻlib qoladi. Har bir bazal tanasi alohida flagellum hosil qiladi.
  2. Kinetoplast DNK sintezlanadi, keyin kinetoplast ikki bazal jismning ajralishi bilan birga boʻlinadi.
  3. Yadro DNK sintezlanadi, yangi flagellum esa yoshroq, orqa, bazal tanadan choʻziladi.
  4. Yadro mitozga uchraydi.
  5. Sitokinez oldingidan orqaga qarab oʻtadi.
  6. Boʻlinish abscision bilan yakunlanadi.

1980-yillarda T. brutsey rivojlanish bosqichlarining DNK tahlillari tsetse pashshasidagi tripomastigota meyoz, yaʼni jinsiy koʻpayish bosqichidan oʻtishini koʻrsatdi[43]. Ammo bu toʻliq hayot sikli uchun har doim ham zarur emas[44]. Meyozga xos oqsillarning mavjudligi 2011-yilda aniqlangan[45]. Gaploid gametalar (meyozdan keyin hosil boʻlgan qiz hujayralar) 2014-yilda kashf etilgan. Gaploid tripomastigotaga oʻxshash gametalar oʻzlarining flagellalari orqali oʻzaro taʼsir qilishi va hujayra sintezidan oʻtishi mumkin (jarayon singamiya deb ataladi)[46][47]. Shunday qilib, ikkiga boʻlinishdan tashqari, T. brucei jinsiy yoʻl orqali koʻpayishi mumkin. Tripanosomalar Excavata superguruhiga mansub va eukariotlar orasidagi eng erta ajralib chiqadigan nasllardan biridir[48]. T. brutseyda jinsiy koʻpayishning kuzatilishi meyoz va jinsiy koʻpayish eukariotlarning ajdodlari va hamma joyda mavjud boʻlgan xususiyatlari degan gipotezani tasdiqlaydi[49].

Infeksiya va patogenlik hususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sutemizuvchilarning T. brucei infeksiyasining keyingi bosqichlarida parazit qon oqimidan koʻchib oʻtib, limfa va miya suyuqliklarini zararlashi mumkin. Aynan mana shu toʻqimalarga kirib borishi sabab parazitlar uyqu kasalligini keltirib chiqaradi[35].

T. brucei qoʻshimcha ravishda, sutemizuvchilar oʻrtasida tana suyuqligi almashinuvi, masalan, qon quyish yoki jinsiy aloqa yoʻli bilan ham yuqishi mumkin, ammo bu juda kam uchraydi[50][51]. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar infeksiyalangan onadan bolaga yuqishi mumkin (vertikal yoki konjenital uzatish)[52].

Kimyoterapiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrika tripanosomiazni birinchi darajali davolash uchun odatda tavsiya etilgan toʻrtta dori turlari mavjud: suramin 1921-yilda, pentamidin 1941-yilda, melarsoprol 1949-yilda va eflornitin 1990-yilda ishlab chiqilgan[53][54]. Bu dorilar toʻliq samarali emas va odamlar uchun toksikdir[55]. Bundan tashqari, parazitlarda barcha dorilarga qarshi dori chidamliligi rivojlangan[56]. Dori-darmonlar cheklangan miqdorda qoʻllanadi, chunki ular T. brucei ning oʻziga xos shtammlariga va parazitlarning hayot sikli bosqichlariga qarshi samarali boʻladi. Masalan, Suram faqat T. brucei ning birinchi bosqich infeksiyasida qoʻllanadi. Rhodensiense, pentamidin infeksiyaning birinchi bosqichi uchun, gambiense va eflornitin ikkinchi bosqichdagi T. brucei infeksiyasi uchun ishlatiladi. Melarsopol har ikkala infeksiya bosqichida parazitlarning ikki turiga qarshi samarali boʻlgan yagona dori[57], lekin juda zaharli boʻlib, davolanganlarning 5 % miya shikastlanishidan vafot etadi (reaktiv ensefalopatiya)[58]. Chagas kasalligi (Amerika tripanosomiazi) uchun tavsiya etilgan yana bir dori-nifurtimoks. U oʻzi ishlatilganda kam taʼsir beradi, ammo melarsopol bilan birgalikda T. brucei ning ikkinchi bosqichli infeksiyasiga qarshi birinchi darajali dori sifatida ishlatiladi[59][60].

Tarixiy jihatdan, mishyak va simob birikmalari XX asrning boshlarida, ayniqsa hayvonlarning infeksiyalariga qarshi yaxshi natija bergan.


Evolyutsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tripanosoma brucei gambiense ~ 10 000 yil oldin bitta nasldan paydo boʻlgan[61]. U aseksual ravishda rivojlanmoqda va uning genomi Meselson effektini koʻrsatadi[61].

T. brutsey genomi quyidagilardan iborat[62]:

  • 1 dan 6 megabaza juftligidan iborat 11 juft katta xromosomalar
  • 200 dan 500 kilobaza juftlikdan iborat 3-5 oraliq xromosoma
  • 50 dan 100 kilobaza juftligidan iborat 100 ga yaqin minixromosomalar. Ular har bir gaploid genomda bir nechta nusxada mavjud boʻlishi mumkin.


  1. Romero-Meza, Gabriela; Mugnier, Monica R. (2020). „Trypanosoma brucei“. Trends in Parasitology. 36-jild, № 6. 571–572-bet. doi:10.1016/j.pt.2019.10.007. PMC 7375462. PMID 31757771.
  2. „Cell-to-Cell Heterogeneity in Trypanosomes“. Annual Review of Microbiology. 75-jild, № 1. Annual Reviews. 2021-yil oktabr. 107–128-bet. doi:10.1146/annurev-micro-040821-012953. PMID 34228491. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  3. „Passage of parasites across the blood-brain barrier“. Virulence. 3-jild, № 2. 2012. 202–212-bet. doi:10.4161/viru.19178. PMC 3396699. PMID 22460639.
  4. „Treatment of human African trypanosomiasis--present situation and needs for research and development“. The Lancet. Infectious Diseases. 2-jild, № 7. 2002-yil iyul. 437–440-bet. doi:10.1016/S1473-3099 (02)00321-3. PMID 12127356. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  5. „Ubombo and the site of David Bruce's discovery of Trypanosoma brucei“. Transactions of the Royal Society of Tropical Medicine and Hygiene. 87-jild, № 4. 1993. 494–495-bet. doi:10.1016/0035-9203 (93)90056-v. PMID 8249096. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)
  6. „Sir David Bruce's elucidation of the aetiology of nagana--exactly one hundred years ago“. Transactions of the Royal Society of Tropical Medicine and Hygiene. 88-jild, № 3. 1994. 257–258-bet. doi:10.1016/0035-9203 (94)90068-x. PMID 7974656. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)
  7. „The history of African trypanosomiasis“. Parasites & Vectors. 1-jild, № 1. 2008-yil fevral. 3-bet. doi:10.1186/1756-3305-1-3. PMC 2270819. PMID 18275594. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  8. Medical and Veterinary Entomology, 2 (inglizcha), Academic Press, 2009 — 297-bet. ISBN 978-0-08-091969-0. 
  9. Preliminary Report on the Tsetse Fly Disease or Nagana, in Zululand. Durban (South Africa): Bennett & Davis, 1895 — 1-bet. 
  10. 10,0 10,1 „Human African trypanosomiasis of the CNS: current issues and challenges“. The Journal of Clinical Investigation. 113-jild, № 4. 2004-yil fevral. 496–504-bet. doi:10.1172/JCI34802. PMC 2214720. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  11. „Hypothesis: the significance of Winterbottom's sign“. The Journal of Tropical Medicine and Hygiene. 94-jild, № 5. 1991-yil oktabr. 338–340-bet. PMID 1942213. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  12. Tropical Medicine: An Illustrated History of The Pioneers. Burlington (US): Elsevier Ltd., 2007 — 145–156-bet. ISBN 978-0-08-055939-1. 
  13. „Sir David Bruce, a pioneer of tropical medicine“. British Journal of Hospital Medicine. 67-jild, № 3. 2006-yil mart. 158-bet. doi:10.12968/hmed.2006.67.3.20624. PMID 16562450. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  14. „Trypanosomes“. Journal of the American Medical Association (inglizcha). XLVIII-jild, № 1. 1907. 1–10-bet. doi:10.1001/jama.1907.25220270001001.
  15. „Sleeping sickness in Uganda: revisiting current and historical distributions“. African Health Sciences. 6-jild, № 4. 2006-yil dekabr. 223–231-bet. PMC 1832067. PMID 17604511. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  16. 16,0 16,1 „Reanalyzing the 1900-1920 sleeping sickness epidemic in Uganda“. Emerging Infectious Diseases. 10-jild, № 4. 2004-yil aprel. 567–573-bet. doi:10.3201/eid1004.020626. PMID 15200843. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  17. Tropical Medicine: An Illustrated History of The Pioneers (inglizcha). London: Elsevier, 2007 — 133–135-bet. ISBN 978-0-08-055939-1. 
  18. „The Changes in the Central Nervous System of Two Cases of Negro Lethargy: Sequel to Dr. Manson's Clinical Report“. British Medical Journal. 2-jild, № 2033. 1899-yil dekabr. 1666–1669-bet. doi:10.1136/bmj.2.2033.1666. PMC 2412509. PMID 20758763. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  19. „The 'Negro lethargy' in Uganda“. Parasitology Today. 12-jild, № 1. 1996-yil yanvar. 41-bet. doi:10.1016/0169-4758 (96)90083-6. PMID 15275309. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  20. „The history of the association of Trypanosoma with sleeping sickness“. British Medical Journal. 2-jild, № 2241. 1903. 1565-bet. doi:10.1136/bmj.2.2241.1565-a. PMC 2514975.
  21. „Zentralblatt für Bakteriologie--100 years ago: sleeping sickness--intoxication or infectious disease?“. International Journal of Medical Microbiology. 292-jild, № 3–4. 2002-yil sentabr. 141–147-bet. doi:10.1078/1438-4221-00190. PMID 12398205. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  22. „History of sleeping sickness (African trypanosomiasis)“. Infectious Disease Clinics of North America. 18-jild, № 2. 2004-yil iyun. 231–245-bet. doi:10.1016/j.idc.2004.01.004. PMID 15145378. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  23. 23,0 23,1 „The trypanosomiases“. Lancet. 362-jild, № 9394. 2003-yil noyabr. 1469–1480-bet. doi:10.1016/S0140-6736 (03)14694-6. PMID 14602444. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  24. „Animal reservoirs and Gambian trypanosomiasis“. Annales de la Société Belge de Médecine Tropicale. 53-jild, № 6. 1973. 605–618-bet. PMID 4204667.
  25. 25,0 25,1 „Human African trypanosomiasis“. Lancet. 390-jild, № 10110. 2017-yil noyabr. 2397–2409-bet. doi:10.1016/S0140-6736 (17)31510-6. PMID 28673422. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  26. Jamonneau, Vincent; Ilboudo, Hamidou; Kaboré, Jacques; Kaba, Dramane; Koffi, Mathurin; Solano, Philippe; Garcia, André; Courtin, David; Laveissière, Claude (2012). „Untreated human infections by Trypanosoma brucei gambiense are not 100% fatal“. PLOS Neglected Tropical Diseases. 6-jild, № 6. e1691-bet. doi:10.1371/journal.pntd.0001691. ISSN 1935-2735. PMC 3373650. PMID 22720107.
  27. „Trypanosome resistance to human innate immunity: targeting Achilles' heel“. Trends in Parasitology. 28-jild, № 12. 2012-yil dekabr. 539–545-bet. doi:10.1016/j.pt.2012.09.002. PMC 4687903. PMID 23059119. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  28. „Trypanosoma brucei: biochemical and morphological studies of cytotoxicity caused by normal human serum“. Experimental Parasitology. 58-jild, № 1. Elsevier. 1984-yil avgust. 81–93-bet. doi:10.1016/0014-4894 (84)90023-7. PMID 6745390. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  29. „Phylogeography and taxonomy of Trypanosoma brucei“. PLOS Neglected Tropical Diseases. 5-jild, № 2. 2011-yil fevral. e961-bet. doi:10.1371/journal.pntd.0000961. PMC 3035665. PMID 21347445. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  30. „Molecular analysis of archived blood slides reveals an atypical human Trypanosoma infection“. Diagnostic Microbiology and Infectious Disease. 61-jild, № 4. 2008-yil avgust. 428–433-bet. doi:10.1016/j.diagmicrobio.2008.03.006. PMID 18455900. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  31. „Characterization of the novel mitochondrial genome replication factor MiRF172 in Trypanosoma brucei“. Journal of Cell Science. 131-jild, № 8. The Company of Biologists. 2018-yil aprel. jcs211730-bet. doi:10.1242/jcs.211730. PMC 5963845. PMID 29626111. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  32. „African animal trypanosomes“. Food and Agricultural Organization. Qaraldi: 28-yanvar 2016-yil.
  33. Trypanosoma brucei“. Trends in Parasitology. 36-jild, № 6. 2020-yil iyun. 571–572-bet. doi:10.1016/j.pt.2019.10.007. PMC 7375462. PMID 31757771. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  34. „Biogenesis and function of ESCRT-dependent extracellular vesicles“. Seminars in Cell & Developmental Biology. 74-jild. Elsevier. 2018-yil fevral. 66–77-bet. doi:10.1016/j.semcdb.2017.08.022. PMID 28807885. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  35. 35,0 35,1 Parasitology (Protozoology and Helminthology) in relation to clinical medicine, 13, New Delhi: CBC Publishers, 2009 — 56–57-bet. ISBN 978-8-12-39-1810-5. 
  36. „Parasites - African Trypanosomiasis (also known as Sleeping Sickness)“. Centers for Disease Control and Prevention. Qaraldi: 29-yanvar 2016-yil.
  37. Franco, Jose R; Simarro, Pere P; Diarra, Abdoulaye; Jannin, Jean G (2014). „Epidemiology of human African trypanosomiasis“. Clinical Epidemiology. 6-jild. 257–275-bet. doi:10.2147/CLEP.S39728. ISSN 1179-1349. PMC 4130665. PMID 25125985.
  38. „Motility and more: the flagellum of Trypanosoma brucei“. Nature Reviews. Microbiology. 12-jild, № 7. 2014-yil iyul. 505–518-bet. doi:10.1038/nrmicro3274. PMC 4278896. PMID 24931043. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  39. McClure, Elizabeth M.; Goldenberg, Robert L. (2009). „Infection and stillbirth“. Seminars in Fetal & Neonatal Medicine. 14-jild, № 4. 182–189-bet. doi:10.1016/j.siny.2009.02.003. ISSN 1878-0946. PMC 3962114. PMID 19285457.
  40. Rotureau, Brice; Van Den Abbeele, Jan (2013). „Through the dark continent: African trypanosome development in the tsetse fly“. Frontiers in Cellular and Infection Microbiology. 3-jild. 53-bet. doi:10.3389/fcimb.2013.00053. ISSN 2235-2988. PMC 3776139. PMID 24066283.
  41. „Role of the long slender to short stumpy transition in the life cycle of the african trypanosomes“. Kinetoplastid Biology and Disease. 2-jild, № 1. BioMed Central. 2003-yil iyun. 3-bet. doi:10.1186/1475-9292-2-3. PMC 165594. PMID 12844365. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  42. „Life in cells, hosts, and vectors: parasite evolution across scales“. Infection, Genetics and Evolution. 13-jild. 2013-yil yanvar. 344–347-bet. doi:10.1016/j.meegid.2012.03.016. PMID 22465537. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam) (VPF ORCID 0000-0002-1592-157X).
  43. „Evidence for haploidy in metacyclic forms of Trypanosoma brucei“. Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America. 83-jild, № 16. 1986-yil avgust. 6063–6064-bet. Bibcode:1986PNAS...83.6063Z. doi:10.1073/pnas.83.16.6063. PMC 386438. PMID 3461475. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  44. „Sexual stages in trypanosomes and implications“. Annales de Parasitologie Humaine et Comparée. 65-jild, № Suppl 1. 1990. 19–21-bet. doi:10.1051/parasite/1990651019. PMID 2264676.
  45. „Identification of the meiotic life cycle stage of Trypanosoma brucei in the tsetse fly“. Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America. 108-jild, № 9. 2011-yil mart. 3671–3676-bet. Bibcode:2011PNAS..108.3671P. doi:10.1073/pnas.1019423108. PMC 3048101. PMID 21321215. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  46. „Meiosis and haploid gametes in the pathogen Trypanosoma brucei“. Current Biology. 24-jild, № 2. 2014-yil yanvar. 181–186-bet. doi:10.1016/j.cub.2013.11.044. PMC 3928991. PMID 24388851. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  47. „Mating compatibility in the parasitic protist Trypanosoma brucei“. Parasites & Vectors. 7-jild, № 1. 2014-yil fevral. 78-bet. doi:10.1186/1756-3305-7-78. PMC 3936861. PMID 24559099. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  48. „Phylogenomic analyses support the monophyly of Excavata and resolve relationships among eukaryotic "supergroups"“. Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America. 106-jild, № 10. 2009-yil mart. 3859–3864-bet. Bibcode:2009PNAS..106.3859H. doi:10.1073/pnas.0807880106. PMC 2656170. PMID 19237557. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  49. „An expanded inventory of conserved meiotic genes provides evidence for sex in Trichomonas vaginalis“. PLOS ONE. 3-jild, № 8. 2007-yil avgust. e2879-bet. Bibcode:2008PLoSO...3.2879M. doi:10.1371/journal.pone.0002879. PMC 2488364. PMID 18663385. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  50. „African Trypanosomes: epidemiology and risk factors“. Centers for Disease Control (2-may 2017-yil).
  51. „Possible cases of sexual and congenital transmission of sleeping sickness“. Lancet. 363-jild, № 9404. 2004-yil yanvar. 247-bet. doi:10.1016/S0140-6736 (03)15345-7. PMID 14738812. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  52. Lindner, Andreas K.; Priotto, Gerardo (2010). „The unknown risk of vertical transmission in sleeping sickness--a literature review“. PLOS Neglected Tropical Diseases. 4-jild, № 12. e783-bet. doi:10.1371/journal.pntd.0000783. ISSN 1935-2735. PMC 3006128. PMID 21200416.
  53. „Arsenicals (melarsoprol), pentamidine and suramin in the treatment of human African trypanosomiasis“. Parasitology Research. 90-jild, № 1. 2003-yil may. 71–79-bet. doi:10.1007/s00436-002-0799-9. PMID 12743807. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  54. „Eflornithine for the treatment of human African trypanosomiasis“. Parasitology Research. 90 Supp 1-jild. 2003-yil iyun. S49–S52-bet. doi:10.1007/s00436-002-0766-5. PMID 12811548. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  55. „Current chemotherapy of human African trypanosomiasis“. Parasitology Research. 90 Supp 1-jild. 2003-yil iyun. S10–S13-bet. doi:10.1007/s00436-002-0752-y. PMID 12811544. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  56. „Drug resistance in human African trypanosomiasis“. Future Microbiology. 6-jild, № 9. 2011-yil sentabr. 1037–1047-bet. doi:10.2217/fmb.11.88. PMID 21958143. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  57. „A current analysis of chemotherapy strategies for the treatment of human African trypanosomiasis“. Pathogens and Global Health. 107-jild, № 5. 2013-yil iyul. 242–252-bet. doi:10.1179/2047773213Y.0000000105. PMC 4001453. PMID 23916333. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  58. „Clinical features, diagnosis, and treatment of human African trypanosomiasis (sleeping sickness)“. The Lancet. Neurology. 12-jild, № 2. 2013-yil fevral. 186–194-bet. doi:10.1016/S1474-4422 (12)70296-X. PMID 23260189. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  59. „Chemotherapy for second-stage human African trypanosomiasis“. The Cochrane Database of Systematic Reviews. № 6. 2013-yil iyun. CD006201-bet. doi:10.1002/14651858.CD006201.pub3. PMC 6532745. PMID 23807762. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  60. „Human African Trypanosomiasis: Progress and Stagnation“. Infectious Disease Clinics of North America. 33-jild, № 1. 2019-yil mart. 61–77-bet. doi:10.1016/j.idc.2018.10.003. PMID 30712768. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  61. 61,0 61,1 „Population genomics reveals the origin and asexual evolution of human infective trypanosomes“. eLife. 5-jild. 2016-yil yanvar. e11473-bet. doi:10.7554/eLife.11473. PMC 4739771. PMID 26809473. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  62. „Architecture of the Trypanosoma brucei nucleus during interphase and mitosis“. Chromosoma. 108-jild, № 8. March 2000. 501–513-bet. doi:10.1007/s004120050402. PMID 10794572.