Endoplazmatik toʻr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hayvon hujayrasi

Eukaryotik hujayra organellalari:
  1. Yadrocha
  2. Hujayra yadrosi
  3. Ribosoma
  4. Vesicle
  5. Endoplazmatik toʻr
  6. Golji kompleksi
  7. Cytoskeleton
  8. Smooth endoplasmic reticulum
  9. Mitoxondriya
  10. Vakuolalar
  11. Cytosol (organellalarni o'z ichiga olgan suyuqlik; sitoplazmani o'z ichiga oladi)
  12. Lizosoma
  13. Centrosome
  14. Plazmatik membrana

Endoplazmatik toʻr, endop lazmatik retikulum — eukariotlar hujayrasining membranali umumiy organoidi. AQSH olimi K.Porter fibroblastlar endoplazmasida kashf etgan (1945). Uning nafis tuzilishi elektron mikroskop kashf etilganidan keyin oʻrganilgan. Endoplazmatik toʻr hujayrada oʻzaro tutashgan bir qavat membrana bilan sitoplazmadan chegaralangan mayda vakuolalar va naychalar sistemasidan iborat. Endoplazmatik toʻr qalinligi 5— 7 nm, koʻpincha yadroning tashqi membranasi va hujayra membranasi bilan tutashgan. Endoplazmatik toʻr silliq (agranulyar) va donador (granulyar) boʻladi. Silliq Endoplazmatik toʻr membranasida ribosomalar boʻlmaydi. Silliq Endoplazmatik toʻr lipidlar horil boʻlishi va toʻplanishida, glikogen almashinuvida, triglitseridlar, steroid gormonlar sintezida, zaharli moddalar toʻplanishi va ajratilishida qatnashadi. Muskul tolalaridagi silliq Endoplazmatik toʻr sarkoplazmatik toʻrni hosil qiladi. Bu toʻr Sa ionlarini otib chiqarish yoki tuplash orqali muskullarning qisqarishi va boʻshashini boshqarib turadi. Donador Endoplazmatik toʻr membranasi ribosomalar joylashgan naychalar va yassi qopchiqlardan iborat. Donador Endoplazmatik toʻr membranalariga birikkan ribosomalar kompleksi — poliribosomalarda oqsil sintezlanadi. Sintezlangan oqsillar Golji kompleksiaa toʻplanadi yoki hujayradan tashqariga chiqariladi. Sintezlangan oqsillar dastlab donador Endoplazmatik toʻr naychalariga tushib, u yerdan ATF sarfi hisobiga hujayraning boshqa qismlariga tashilishi yoki naychalarda toʻplanib, modifikatsiyaga uchrashi mumkin. Donador Endoplazmatik toʻr oqsil sintezlaydigan organlar (meʼda osti bezi, soʻlak bezlari va boshqalar) hujayrasida koʻp boʻladi; ixtisoslashgan murtak hujayralarida boʻlmaydi.