Toshqirman tepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshqirman
Manzilgoh Xorazm
Turi tepa
Tarix
Material Xom gʻisht
Tashkil etilgan Mil. avv. IV asr

Toshqirman tepaligi – hozirgi Oʻzbekistondagi Toshqirmon vohasidagi xaroba bino va yodgorliklar topilgan tepalik hisoblanadi. Xarobalar hozirgi Beruniy shahridan shimoli-sharqda, Oqshaxonqal’a shahristonidan 6 km janubi-sharqda joylashgan. Bu yerda 1996—2000-yillarda Qoraqalpoq-Avstraliya arxeologik guruhi eramizdan avvalgi IV asrga oid xorazm ibodatxonasini tiklashdi. Ushbu ibodatxona aholining tashrifi uchun shahardagi mashhur manzilgohlardan biri boʻlgan va eramizdan avvalgi 3-asrgacha faoliyat koʻrsatgan. Keyinchalik ushbu ibodatxona buyumlari boshqa joyga koʻchirib oʻtkazilgani ayon boʻlgan va arxeologlar ushbu ibodatxonaga qaysi din vakillari kelib eʼtiqod qilishganini aniqlolmaganlar. Arxeologlar yaqin atrofda turar joy qoldiqlarini topa olishmagan. Tepalikdan topilgan ibodatxonadagi xonalar oʻziga xos qurilishning ikkita bosqichida qurilgan. Birinchi xona oddiy koʻrinishga ega boʻlgan[1].

Ikkinchi bosqichda xona uzunligi taxminan 100 metr va kengligi 30 dan 50 metrgacha boʻlgan keng, qurilish shakli boshqacha boʻlgan xona tashkil etilgan. Biroq, Perronda topilgan haqiqiy ibodatxona bir qator xonalar va koridorlardan iborat edi. Ushbu ibodatxonaning markazida oʻt oʻchirish uchun kerak boʻladigan alohida uskuna joylashgan xona bor edi. Olimlar tomonidan butun majmua, ehtimol, olovga sigʻinadigan din vakillarining ibodatxonasi vazifasini bajargan boʻlishi mumkinligi haqida taxminlar paydo boʻldi. Ibodatxonaga kelib turadigan aholi, ehtimol, kushonlarning ushbu davr mobaynida Xorazmga kelishi bilan tark etgan boʻlishi mumkin. Ammo ibodatxona atrofidan hech qanday zoʻravonlik belgilari topilmagan. Shunga koʻra, majmua deyarli boʻsh edi. Chunki ular majmuani tark etganda barcha kerakli obyektlarni oʻzlari bilan olib ketganlar[2].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik shimoldan janubga qarab choʻzilgan 100x150 metrga yaqin oʻlchamli tepalikdan iborat. Balandligi 3 metrdan 5 metrgacha yetadi. Yodgorlik yigirmatadan ziyod har xil oʻlchamdagi katta-kichik xonalarni oʻz ichiga oladi. Toʻgʻri toʻrtburchakli zal yoki hovlining oʻlchami 20 x 16 metr. Hovlining janubi-gʻarbiy tarafidagi uchta yirik xona joylashgan boʻlib, 10 x 15,8 x 15 va 8.50 x 18 metrdan iborat. Shuningdek, yana hududi kichkinaroq (4x5,30; 4,50x7,50; 5x7,6x9,50; 3,50x13,8 m) bir qancha xona va ikki yoʻlak (2,8x20,1; 40x15 m) ham mavjud[3].

Qurilish ashyosi sifatida xom gʻishtdan foydalanilgan. Binoning markazida joylashgan zal 40-43 x 40-43 x 13-14 sm boʻlgan gʻishtlardan bino qilingan. Gʻishtlarga bir yoki ikki yondosh chiziqlar koʻrinishidagi muhr bosilgan. Qolgan xonalar oʻlchami taxminan 46-32 x 24-24 sm boʻlgan, hech qanday muhr qoʻyilmagan toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi xom gʻishtdan tiklangan. Devorlar 1 metrdan 1,5 metrgacha qalinlikda boʻlgan[3]. Devorga ishlatilgan gʻisht oʻlchami, sopol xususiyatlari, topilgan tosh arxitektura detallari va sopol idishlarning boʻlaklariga qarab Toshqirmanni soʻnggi arxaik va qanhgʻa davrlarida mavjud boʻlgan istehkomli manzilgoh qoldiqlari, deb taxmin qilish mumkin.

Tadqiq etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshqirman tepa yodgorligi Gʻayraddin Xoʻja Niyozov boshchiligidagi OʻzbekistonAvstraliya arxeologlar qoʻshma jamoasi 1994—2012-yillarda arxeologik jihatdan tadqiq qilingan[4]. Qoʻshma ekspeditsiya Toshqirman tepa bilan bir qatorda Oqchaxon, Qozoqqirilgan „Noʻmalum tepalik“ qal’alarini ham oʻrgangan. Toshqirman tepadan istehkomli ibodatxona inshooti topilgan.

Tekshiruvlar natijasida Toshqirman tepaligidagi qal’a devorlari qalin paxsa va yirik gʻishtlardan qurilgani, har bir gʻishtga oʻsha davr urugʻlarining tamgʻalari bosilgani maʼlum boʻldi. Umumiy maydoni 50 gektar boʻlgan qal’a yodgorligi bir-birining ichiga joylashgan tashqi va ichki qal’alardan iborat. Toʻplangan arxeologik materiallar bu yerda oʻz davrida xalq hunarmandligining koʻpgina turlari rivojlanganini koʻrsatadi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alison V. G. Betts, Vadim N. Yagodin: The Fire Temple at Tash-kʾirman Tepe, In: Joe Cribb, Georgina Herrmann: After Alexander, Central Asia before Islam. Oxford 2007, S. 435–453, ISBN 978-019-726384-6
  2. S. W. Helms, V. N. Yagodin, A. V. G. Betts, G. Khozhaniyazov, F. Kidd: Five Seasons of Excavations in the Tash-k’irman Oasis of Ancient Chorasmia, 1996–2000. An Interim Report. In: Iran, Vol. 39, 2001, S. 119–144
  3. 3,0 3,1 Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. Тошкент: OʻZBEKISTON нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2007 — 43-44 bet. ISBN 978-9943-01-175-5. 
  4. „Ming qal’ali-afsonaviy o'lka“. xorazmiy.uz. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.
  5. „18 aprel – Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni (1983)“. zarnews.uz. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.