Toshkent deklaratsiyasi (1966)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toshkent uchrashuvidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toshkent uchrashuvi (1966) - Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida 1965-yilda roʻy bergan qurolli toʻqnashuvni hal qilish maqsadida Pokiston prezidenti M. Ayyubxon bilan Hindiston hukumati rahbari L. B. Shastrining uchrashuvi (1966 y. 4—10 yanvar). Uchrashuv SSSR Ministrlar Soveti Raisi Aleksey Kosigin ishtirokida oʻtgan. Toshkent uchrashuvida Toshkent deklaratsiyasi imzolanib, unda ikki mamlakat oʻrtasidagi janjalli masalalarni tinch yoʻl bilan hal qilishga kelishilgan[1].

Manbalar[tahrir]