Yer kadastri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Yer kadastri - yer uchastkasini miqdor va sifat jihatdan baholash hisoblanadi.

Yer kadastri, davlat yer kadastri — yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari oʻrni, oʻlchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar majmui.

E.k. "Davlat yer kadastri toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1998 y. 28 avg .) va ushbu qonunga oid meʼyoriy hujjatlar, yoʻriqnoma va uslubiy koʻrsatmalar asosida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlarini taʼminlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr maʼlumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashga qaratilgan davlat tadbirlar tizimi hisoblanadi. Ye.k. ga doir axborotlarni bir tizimga solinishi ularni saqlash, tahlil qilish va yangilab turish ishlarini ham oʻz ichiga oladi. Ye.k.ni yuritish quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: mamlakat yer fondinn toʻla qamrab olish, fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qoʻllash, axborotlar ishlab chiqish metodining birligi va Ye.k.ga oid ax-borotlarning toʻgʻri boʻlishi. Ye.k.ni yuritish jarayoni quyidagilarni oʻz ichiga oladi: aerokosmik suratga olish, topografiya — geodeziya, haritagrafiya, tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanika, gidrogeologiya ga oid va b. izlanishlar va tadqiqotlarni oʻtkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish; yerlarni taqsimlash, ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi davlat xizmat organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish; yerlarning holati, mavjudligi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish; joriy (mavsumiy) tadqiqotlar, suratga olish, yer oʻlchash ishlarini hamda yer monitoringi maʼlumotlaridan foydalangan holda Ye.k.ga oid axborotlar bankini yaratish va uni tartibga solib turish.

E.k. tumanda (shaharda) quyidagicha amalga oshiriladi: yer uchastkalariga boʻlgan huquqni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat roʻyxatiga olish; Ye.k. maqsadlari uchun suratga olish; yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlaridan maʼlumotlar olish, ularni toʻgʻriligini tekshirish, Ye.k.ga oid hujjatlarga joriy oʻzgartirishlar kiritish. Ye. k.ni yuritish jarayonida har yilning 1 yanvariga yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobot tuziladi (yana q. Yer balansi).

Rivojlangan davlatlarda ham Ye.k. yuritiladi. Uning maʼlumotlaridan yer egalariga soliq solish, yerdan foydalanish b-n bogʻliq boʻlgan tijorat ishlarini tartibga solish, yer boʻyicha bitishuv va nizolarni hal etish, yerni garovga qoʻyish va b.da foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bulgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish va yerlarni miqdoriy va sifatini hisobga olish Yer resurslari davlat qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan nizomlar va meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

E.k.ni yuritish OʻzR Yer resurslari davlat qoʻmitasining yer resurslari boʻyicha tuman xizmatlari tomonidan, shahar va shaharchalarda esa OʻzR Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Geodeziya, haritagrafiya va davlat kadastri bosh boshqarmasining koʻchmas mulk davlat kadastri tuman va shahar xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qosimjon Rahmonov.[1]

Yer kadastri uch boʻlimga boʻlinadi. Ular yer uchastkalarni roʻyxatga olish, yerni iqtisodiy baholash hamda tuproq bonitrovkasidir. Ushbu ishlar turkumi shahar (shaharcha) yoki tuman hokimiyati qoshidagi Yer resurslari va davlat kadastri xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Yer uchastkalarini roʻyxatga olish - tuman yoki shahar hududida joylashgan yer uchastkalarini Yer resurslari va davlat kadastri davlat xizmat mutaxassislari tomonidan Yer Kadastri kitobiga qayd etish jarayonidir. Qayd etishda yer uchastkasi toʻgʻrisida jamiki maʼlumotlar, masalan, yer uchastkasi mulkdorining rasmiy ma'lumotlari, uchastka joylashgan manzil, qo'shni uchastkalarning yuridik nomlari, yer turlari, tuproq ball boniteti, va hokazo maʼlumotlar Yer Kadastri kitobida o'z aksini topadi.

Yerni iqtisodiy baholash - yer uchastkasining tuproq unumdorligi, suv manbalari, yo'l tizimi, tehnika qurilmalari, va ishchi kuchlarlari bilan taʼminlanganlik darajasi, aholi punktidan joylashish masofasi va shu kabi uchastkasidan foydalanishga bevosita taʼsir ko'rsatadigan omillarni qamrab oladigan murakkab jarayon hisoblanadi.

Tuproq bonitirovkasi - yer uchastkasida tarqalgan unumli tuproq qatlamining fiziologik hamda ximiyaviy tarkibini, tuproq turi va holati, iqlim sharoiti va yer osti suvlarini joylashishi kabi bir qator omillarni o'zida jamlaydigan jarayondir.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil