Kontent qismiga oʻtish

Mirhalil Mahmudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toshkent)dan yoʻnaltirildi)
Mirhalil Mahmudov
Tavalludi 1-fevral 1947-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent konservatoriyasi
Kasbi Kompozitor
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

Mirhalil Mahmudov (1947-yil 2-yanvar, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek kompozitori, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000).

Mirhalil Mahmudov 1947-yil 2-yanvarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida tavallud topgan[1]. 1971-yilda Toshkent konservatoriyasini tugatgan. U 1974–1978-yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari rahbari sifatida, 1983-yildan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2000-yilga kelib dotsentlik unvoniga erishgan.

Simfonik asarlaridan 3 ta simfoniya (birinchisi „Navo“), skripka va simfonik orkestr uchun konsert, kamer orkestri uchun syuita, „D. Shostakovich xotirasiga“ poema, „Muhammas va ufor“ I-III; shuningdek, „Toshkent zamini“ kantatasi (Erkin Vohidov), „Ona madhi“ poemasi, „Vatan shahnozi“, „Ona Oʻzbekiston“, „Elga bahor keldi“ va boshqa qasidalar, „Toshkent sadosi“ oratoriyasi, „Sindirilgan koʻza“ (S. Jamol), „Davlat bolalari“ (Rixsivoy Muhammadjonov), „Toʻylar muborak“ (Oʻtkir Hoshimov) kabi musiqali drama va komediyalariga, 50 dan ortiq kinofilmlar („Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Oʻtgan kunlar“, „Chimildiq“, „Bulbul“, „Jaloliddin Manguberdi“ va boshqalar)ga musiqa bastalagan[2]. Mirhalil Mahmudovning sara asarlari badiiy barkamolligi, milliy yorqinligi bilan ajralib turadi[3].

  1. „МИРХАЛИЛ МАХМУДОВ“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 19-iyul.
  2. YouTube logotipi Ishonch.uz(oʻzb.)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil