Tohirjon Moʻminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tokhirjon Muminov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tohirjon Rahmatjonovich Moʻminov
Tavallud sanasi 6-avgust 1970-yil (1970-08-06) (53 yosh)
Tavallud joyi Tojikiston SSR, SSSR
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990–1991 Vakhsh Qurghonteppa
1992 FC Sohibkor (Dushanbe)
1993–1995 CSKA Pamir Dushanbe
1996–2002 Andijon
2003 FC Farrukh Hisor (player-manager)
2004 FC Xoʻjand (Xoʻjand)
2005 Regar-TadAZ
Milliy terma jamoa
1993–2003 Tojikiston 31 (13)
Boshqargan klublari
2005–2007 Energetik Dushanbe
2008 Vaxsh Qurgʻonteppa
2010–2012 Hayr Vahdat
2013 Energetik Dushanbe
2014 Vaxsh Qurgʻonteppa
2014 Khayr Vahdat
2015 Ravshan Kulob
2016–2018 CSKA Pamir Dushanbe
2019 Istaravshan
2020–2021 Fayzkand
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-iyul 2016 uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (21-iyul 2016 uchun)

Tohirjon Rahimjonovich Moʻminov (tojikcha: Тоҳирҷон Раҳматҷонович Муъминов; 1970-yil 6-avgust, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) — sovet va tojik futbolchisi, murabbiy. Oʻyindagi vazifasi — yarim himoyachi. Maʼlumoti — oliy, 1991-yilda Kalinin nomidagi TIFK ni (Tojikiston davlat jismoniy tarbiya instituti) tamomlagan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohirjon Moʻminov 10 yoshdan boshlab futbol bilan shugʻullana boshlagan. U dastlab „Pomir“ futbol klubining zaxira jamoasida oʻynay boshlaydi, aosiy jamoa tarkibida faqatgina bir marotaba SSSR kubogi uchun maydonga tushgan. 1990-yilda ikkinchi liga bahslarida „Pomir“ klubidan ketib, Qoʻrgʻontepaning „Vaxsh“ jamoasida oʻynay boshlaydi.

1990-yillarning birinchi yarmida Tojikiston chempionatida futbolchi yana „Pomir“ jamoasi safida o‘ynay boshlaydi.

Moʻminov terma jamoaning oʻyinlarida kamdan-kam ishtirok etgan boʻlsa-da, ammo bu uning tarkibdagi eng yaxshi hujumchilardan biriga aylanishiga toʻsqinlik qilmagan. Oʻyinlardagi ishtiroki va umumiy urilgan gollar soni boʻyicha Moʻminov terma jamoada rekordchi futbolchi hisoblangan.

1996-yilda „Pomir“ klubining yana qayta tarqalib ketishidan so‘ng, Moʻminov O‘zbekistonga keladi va Andijonning „Andijon“ klubida toʻp sura boshlaydi.

Moʻminov futbolchilik faoliyatini „Regar-TadAZ“ klubida (Dushanbe) yakunlaydi.

Sportchilik faoliyati davomida Moʻminov Tojikiston va O‘zbekiston chempionatlarida professional darajada oʻyin olib borgan va umumiy hisobda 90 ga yaqin golga mualliflik qilgan.

Hisorning „Farrux“ jamoasida oʻyinchi murabbiy boʻlgan.

2007-yilga kelib „Energetik“ (Dushanbe), 2008-yilning oktyabr oyida „Vaxsh“ klubida bosh murabbiy boʻlib faoliyat yuritgan[1].

Keyinchalik Vahdatning „Xayr“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan[2].

Futbolchi sifatida erishgan yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1993-yilda — Tojikiston chempionati kumush medali sovrindori;
  • 1994-yilda — Tojikiston chempionati kumush medali sovrindori;
  • 1995-yilda — Tojikiston chempioni;
  • 2005-yilda — AF kubogi sohibi.

Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohrjon Moʻminov hozirgi kunda uylangan, 4 nafar farzandi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]