Tohir Oripov
Tohir Toʻlqinovich Oripov | |
---|---|
Fayl:Tohir Oripov.jpg | |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2018-yil 11-maydan — 2018-yil 15-oktabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Saidkarim Nishonboyev |
Vorisi | Muhiddin Joʻrayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-noyabr 1974-yil Toshkent |
Qoʻshin turi | ichki xizmat |
Unvoni | General-mayor |
Tohir Toʻlqinovich Oripov (oʻzbekcha: Тохир Тўлқинович Орипов) — oʻzbek davlat arbobi. 2018-yildan Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
1974-yil 21-noyabrda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tugʻilgan.
1992-1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi tinglovchisi.
1996-1997-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xizmat tayyorgarligi va oʻt oʻchirish boʻlimi muhandisi.
1997-2000-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi davlat yongʻin nazorati inspektori.
2000-2001-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 3-sonli harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi birikmasi katta muhandisi.
2001-2008-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 2-darajali 3-sonli harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi otryadi komandiri.
2008-2009-yillarda Toshkent viloyati Qibray tumani ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi.
2009-yilda — Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
2009-2013-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi.
2013-2017-yillarda — Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi.
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari[1].
2018-yil oktabrdan Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi[2].
2022-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan[3].