Toba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tobamil. 4-asr oxiriga qadar hozirgi Ichki Mongoliya (XXR) hududida yashagan koʻchmanchi qabila. 3-asr oʻrtalarigacha Syanbi qabila ittifoqiga kirgan. Kabila oqsoqoli Livey hukmronligi davrida (220277) faol siyosiy rol oʻynay boshlagan. Xitoy bilan mustaxkam aloqalar oʻrnatgan. 4-asr boshida Xitoydagi Gʻarbiy Szin imperiyasi bilan birgalikda T.lar hunnularning Shimoliy Xan davlati bilan kurash olib borishgan. Buning evaziga Xitoy imperatori 310-yil T.larga Dayszyun viloyatini, 315-yil esa, Chanshan viloyatini (hozirgi Xebey viloyati) inʼom etgan. T.lar Szin imperiyasi bilan harbiy ittifoqda boʻlsalarda undan mustaqil edilar. 2—3-asrlarda T.larda urugʻchilik munosabatlari saqlanib qolgan, 3-asr oxiri —4-asr boshlaridan merosiy hokimiyat vujudga kelgan. 4-asr oxirida T.lar oʻzlarining Toba Vey (Shim. Vey) davlatini barpo etishgan. 4-asr oxiridan T.lar oʻtroq hayot tarziga oʻtishgan, xonaki chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik bilan ham shugʻullangan. Keyinchalik boshqa xalklar bilan aralashib ketgan va 7-asrdan boshlab T.lar nomi tarix saxifalarida uchramaydi.