Timothy Spall

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Timothy Spall
Tavalludi 27-fevral 1957-yil (1957-02-27) (67 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1978-yildan
Bolalari 3
Mukofotlari

Timothy Leonard Spall (1957-yil 27-fevralda tugʻilgan) — britaniyalik aktyor va teleboshlovchi. Olti karra BAFTA mukofoti nomzodi va Britaniya imperiyasi ordeni sohibi. Screen Actors Guild Awards va Cannes film festivalining eng yaxshi aktyor nominatsiyasi laureati. Harry Potter film qismlarida Piter Pettigrew/Chuvalchang rolini ijro etgan.

1983-yilda ITV komediya-drama seriyasida Auf Wiedersehen rolini ijro etganidan keyin keyin Buyuk Britaniyada mashxurlikka erishgan.

Spall Hamlet (1996), Nicholas Nickleby (2002), Soʻnggi samuray (2003), Enchanted (2007), The Damned United (2009), Qirol nutqi (2010), Ginger and Rosa (2012), Denial (2016), The Party (2017), Harry Potter va Azkaban mahbusi (2004), Harry Potter va Alanga kubogi (2005), Harry Potter va Tilsim shahzodasi (2009), Alisa moʻjizalar mamlakatida (2010), Harry Potter va Ajal tuhfasi: 1-qism (2010) va Alisa sehrli oyna ortida (2016) kabi koʻplab filmlarda suratga tushgan.

2000-yil Britaniya imperiyasi ordeni OBE bilan taqdirlangan.

2010-yilda u Winston Churchill rolini gavdalantirib Qirol nutqi filmida suratga tushdi va ansambl aʼzosi sifatida Screen Actors Guild Awards mukofotini oldi. Spall 2012-yilgi Yozgi Olimpiada Oʻyinlarining yopilish marosimidagi ishtirok etib mashxurlik rolini kuchaytirdi.

2014-yilda Cannes film festivalida Mr. Turner roli uchun eng yaxshi aktyor mukofoti oldi.

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spall va uning rafiqasi Sheynning uch farzandi bor: Paskal (1976-yilda tugʻilgan), Rafe (1983-yilda tugʻilgan), u aktyor hamdir va Mersedes (1985-yilda tugʻilgan.

1996-yilda Spallga oʻtkir miyeloid leykemiyasi tashxisi qoʻyildi u oʻsha paytdan beri remissiyada.

Timothy Spall
Timothy Spall 2011-yilda

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Timothy Spall IMDbda