The Scout

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Scout
Muallif(lar) Steven Plaut
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot „Gefen“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2002
Sahifalar soni 113
ISBN ISBN 965-229-289-3

„The Scout“ („Razvedkachi“) — amerikalik iqtisodchi va professor Steven Plaut qalamiga mansub roman. 2002-yil Quddus shahrida „Gefen“ nashriyotida chop etilgan. Asar real voqealarga asoslangan boʻlib, unda muallifning saraton kasaliga chalinib shifoxonada ogʻir kasallikka chalingan Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) ismli badaviy bilan boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi. „The Scout“ kitobida hodisalar qisqa-qisqa hikoyalar yordamida hikoya qilinadi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Steven Plaut (talaffuzi: Stiven Plaut) va badaviy izquvar Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) ogʻir kasallikka chalinadi va bir boʻlmada davolanadi. Har ikki qahramon oʻz hayotida sodir boʻlgan hodisalarni hikoya qilib beradi. Xususan, Saadi badaviylarning boy tarixi va urf-odatlari haqida soʻzlab beradi.

Asarda Islom va Yahudiylik dinlari hamda Isroilda yashovchi yahudiylar bilan badaviylar oʻrtasidagi munosabat koʻrib chiqiladi. Bundan tashqari, unda xalq ijodi misollari ham keltirilgan.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Steven Plaut (talaffuzi: Stiven Plaut) – bosh qahramon, amerikalik-isroillik iqtisod professori
  • Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) – badaviy razvedkachi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]