The Alphabet of Manliness

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
The Alphabet of Manliness
Muallif Maddox
Janr hajviya
Til ingliz
Nashriyot „Kensington Books“
Nashr etilgan 2006
Sahifalar soni 204
ISBN 978-0806527208

„The Alphabet of Manliness“ („Erkaklilik alifbosi“) — amerikalik qiziqchi Maddox (taxallusi; asl ismi George Ouzounian) qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2006-yil New York shahrida „Kensington Books“ (oʻsha davrda „Citadel Press“) nashriyoti tomonidan chop etilgan. 2009- hamda 2011- yillarda qayta nashr qilingan. 2009-yilgi nashr uzunroq boʻlib, unga muqaddima, „Erkaklilik sonlari“ haqida qoʻshimcha 36 sahifa hamda sakkizta rangli rasm kiritilgan. Buyuk Britaniyada chop etilgan nashrdan esa kitobning ayrim gaplari olib tashlangan.

Kitob „The New York Times“ gazetasining bestsellerlar roʻyxatida „Maslahatlar, qoʻllanmalar va boshqalar“ turkumida ikkinchi oʻringacha koʻtarilgan.[1]

„The Alphabet of Manliness“ 26 boʻlimga boʻlingan boʻlib, ularning har biri ingliz tili alifbosidagi 26 harfiga mos keladi. Muallif asarni oʻziga bagʻishlagan: asar boshida „Umrim sevgisi, ruhiy hamkorim va dunyodagi eng buyuk odam: oʻzimga bagʻishlayman“, deb yozilgan.

Boʻlimlari[tahrir]

Musavvirlar[tahrir]

  • Bryan Douglas
  • Justina Fader
  • Louis Fernet-Leclair
  • Jim Moore
  • John Petersen
  • Thomas Pollock Jr.
  • Leah Tiscione
  • Angelo Vildasol

Manbalar[tahrir]

  1. Yumshoq jildli bestsellerlar, 25-iyul, 2006 (inglizcha). The New York Times (25.06.2016). 31.01.2017.

Havolalar[tahrir]