Gipertoniya
Gipertoniya (giper— katta va yunoncha tonos — taranglik) — aʼzo va toʻqimalar tonusi (tarangligi) ning ortishi. Mayda arteriyalar tonusining ortishi natijasida qon bosimining koʻtarilishi gipertoniya deb ataladi. Gipertoniya kasalligi, nefrit va boshqalarning asosiy belgisi.
Gipertoniya alohida kasallik sifatida ham, boshqa kasalliklarning asorati sifatida ham kelishi mumkin. Kasallik holatida koʻpincha arterial gipertenziya sifatida yuritiladi.
Belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gipertoniyaga uchragan bemorlarda asosiy belgilar shikoyalarda naʼmoyon boʻladi. Ular bosh aylanishi, ogʻrishi, yurak tez urishi, koʻz oldi xiralashishidan shikoyat qiladi. Qon bosimi oshganda asosiy belgi koʻngil aynish, boshda ogʻriq va quloqda shovqin hisoblanadi. Baʼzi bemorlarda umuman belgilarsiz kechishi ham mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |