Teodor Gebre Selassie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Theodor Gebre Selassie
Gebre Selassie 2012-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Theodor Gebre Selassie
Tavallud sanasi 24-dekabr 1986-yil (1986-12-24) (37 yosh)
Tavallud joyi Třebíč, Chexoslovakiya
Boʻyi 1.81m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Slovan Liberec
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1998 Velké Meziříčí
1998—2005 Vysočina Jihlava
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2007 Vysočina Jihlava 18 (2)
2005—2006Velké Meziříčí (ijara) 8 (0)
2007—2008 Slavia Prague 11 (0)
2008—2012 Slovan Liberec 97 (8)
2012—2021 Werder Bremen 271 (23)
2021— Slovan Liberec 41 (1)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Chexiya U21 6 (0)
2011—2019 Chexiya 54 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-oktyabr uchun)

Teodor Gebre Selassie (1986-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Chexiyaning Slovan Liberec klubida oʻng qanot himoyachisi va qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Chexiya terma jamoasi safida 54ta oʻyin oʻtkazib, 3ta gol urgan.

2008-yilda Slavia Prague va toʻrt yildan soʻng Slovan Liberec bilan Chexiya birinchi ligasida gʻalaba qozongan. Keyin Bremen bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan.

Gebre Selassie 2011-yilda Chexiya terma jamoasi safida debyut qildi va jamoaning birinchi afrikalik oʻyinchisiga aylandi. UEFA Yevro-2012 va UEFA Yevro-2016 uchun tarkibga tanlangan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chexiya Respublikasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gebre Selassie futbolchilik faoliyatini 1992-yilda Velké Meziříčí oʻsmirlar jamoasida boshlagan. Keyinchalik Vysočina Jihlavaga oʻtdi va 1998- va 2005-yillar orasida klubning yoshlar jamoasida oʻynadi.

Oilasi taʼlimga katta ahamiyat berganligi sababli, Gebre Selassie keyinchalik universitetga eʼtibor qaratish uchun futboldan deyarli toʻliq voz kechdi. Biroq, 2005-yilda Velké Meziříčíning jamoasiga oʻtdi[1].

Keyinchalik Gebre Selassie 2007—2008-yilgi mavsumda Praguening „Slavia“ jamoasida qisqa muddat oʻynadi va shu vaqt ichida Chexiya Birinchi Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyin Slovan Liberec jamoasida oʻynadi va 2011—2012-yilgi mavsumda yana liga chempionligini qoʻlga kiritdi.

Verder Bremen[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chexiyaning UEFA Yevro-2012dagi barcha toʻrtta oʻyinini oʻtkazgandan soʻng, Gebre Selassie 22-iyun kuni Germaniya Bundesligasining Werder klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2012-yil 24-avgustda Bremenning mavsumdagi birinchi oʻyinida gol urdi, ammo amaldagi chempion Borussia Dortmundga qarshi safarda 1:2 hisobida yutqazib qoʻyishdi[2]. Gebre Selassie oʻsha mavsumda 24 ta oʻyinda maydonga tushdi va birinchi kungi goli uning mavsumdagi yagona goli boʻldi.

Slovan Liberec[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil iyun oyida Gebre Selassie yana Slovan Liberecga qoʻshildi[3].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning may oyida Gebre Selassie Chexiya milliy futbol jamoasiga birinchi chaqiruv oldi. 4-iyun kuni Yaponiyaning Matsumoto shahridagi Matsumotodaira futbol stadionida oʻtkazilgan Kirin kubogida Peruga qarshi kechgan golsiz durang oʻyinida Ondřej Kušnírning oʻrniga[4] maydonga tushib debyutini oʻtkazdi.

Keyinchalik Gebre Selassie Chexiyaning UEFA Yevro-2012 uchun terma jamoasida 2-raqamli futbolkaga ega boʻldi. 2012-yilning 12-oktyabrida 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Maltaga qarshi oʻyinda (3:1) xalqaro miqyosdagi birinchi golini kiritdi[5].

2019-yilning may oyida Gebre Selassie terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

23-may, 2021-yil[7]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
klub Mavsum Diviziya Liga Kubok Yevropa[lower-alpha 1] Boshqa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Slavia Prague 2007—2008 Chexiya birinchi ligasi 9 0 9 0
2008—2009 2 0 1 0 3 0
Jami 11 0 0 0 1 0 0 0 12 0
Slovan Liberec 2008—2009 Chexiya birinchi ligasi 21 1 21 1
2009—2010 17 2 4 0 21 2
2010—2011 29 0 29 0
2011—2012 30 5 4 0 34 5
Jami 97 8 4 0 4 0 0 0 105 8
Werder Bremen 2012—2013 Bundesliga 27 1 1 0 28 1
2013—2014 29 2 1 0 30 2
2014—2015 26 3 2 0 28 3
2015—2016 33 1 5 0 38 1
2016—2017 30 5 1 0 31 5
2017—2018 32 3 4 0 36 3
2018—2019 32 3 4 0 36 3
2019—2020 28 2 2 0 2[lower-alpha 2] 0 32 2
2020—2021 34 3 5 1 - 39 4
Jami 271 23 25 1 0 0 2 0 298 24
Jami faoliyati 379 31 29 1 5 0 2 0 413 32
  1. Includes UEFA Europa League, UEFA Champions League
  2. Appearances in Bundesliga relegation playoffs

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba:[8]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Chex Respublikasi 2011-yil 7 0
2012-yil 12 1
2013-yil 8 0
2014-yil 1 0
2015-yil 4 0
2016-yil 7 0
2017-yil 6 2
2018-yil 7 0
2019-yil 2 0
Jami 54 3
Manba:[9]
Teodor Gebre Selassie tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2012-yil 12-oktyabr Stadion města Plzne, Plzen, Chexiya  Malta 1—0 3—1 2014 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2017-yil 26-mart San-Marino stadioni, Serravalle, San-Marino  San Marino 4—0 6—0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
3 2017-yil 10-iyun Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya  Norvegiya 1—0 1—1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slavia Prague

  • Chexiya Birinchi ligasi: 2007—2008

Slovan Liberec

  • Chexiya birinchi ligasi: 2011—2012

Chexiya Respublikasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kennedy, Paul. „Gebre Selassie: 'I am glad I am different'“. Soccer America Daily (2012-yil 21-iyun). Qaraldi: 2012-yil 23-iyun.
  2. „Dortmund do it the hard way“. Sky Sports (2013-yil 24-avgust). Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
  3. „Konec dohadů, Gebre podepsal v Liberci. Jak vypadá smlouva?“ (cs). CNC (2021-yil 26-iyun). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  4. „Gebre Selassie close to Bremen move“. ESPNSTAR (2012-yil 17-iyun). 2014-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-fevral.
  5. Volynsky. „Czechs beat Malta in World Cup qualifier“. Radio Prague (2012-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
  6. „"Es war mir eine Ehre": Gebre Selassie tritt aus Nationalelf zurück“ (de). buten und binnen. Radio Bremen (2019-yil 21-may). 2019-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  7. „T. Gebre Selassie“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 23-may.
  8. „Teodor Gebre Selassie“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2014-yil 5-mart.
  9. Teodor Gebre Selassie at National-Football-Teams.com
  10. „China PR vs. Czech Republic“. soccerway.com. Soccerway (2018-yil 26-mart). Qaraldi: 2020-yil 4-may.