Temurbek Giyazov
Temurbek Giyazov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi | 15-mart 1996-yil |
Mukofotlar | |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qaysi sport | Balandlikka sakrash |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Paralimpiya oʻyinlari |
Temurbek Giyazov (15-mart 1996-yil, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik parasportchi[1]. T44 klassidagi balandlikka sakrash musobaqalarida ishtirok etdi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temurbek Giyazov 2016-yildan buyon para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi – Galina Kazakova.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda BAAning Dubay shahrida oʻtgan Balandlikka sakrash (T64) boʻyicha jahon chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.
2023-yilda Parijda boʻlgan Balandlikka sakrash (T64) boʻyicha jahon chempionatida 4-oʻrin sohibi boʻlgan.
2024-yilda Kobe shahrida oʻtgan Balandlikka sakrash (T64) boʻyicha jahon chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.
2022-yilgi Paraosiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Timur Giyazov balandlikka sakrash boʻyicha bronza medaliga ega boʻldi[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilda Shuhrat medali bilan mukofotlangan.
2024-yilda Jasorat medali bilan mukofotlangan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „GIYAZOV Temurbek“.
- ↑ „Paralimpiada: Tolibboy Yo‘ldashev oltin, Temur Giyazov bronza medalini qo‘lga kiritdi“. gazeta.uz.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Temurbek Giyazov Facebook sahifasi
- Temurbek Giyazov Instagram sahifasi