Temirqovuq (Nurota tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Temirqovuq (Nurota tumani)
mahalla
40°44′0″N 66°24′42″E / 40.73333°N 66.41167°E / 40.73333; 66.41167 G OKoordinatalari: 40°44′0″N 66°24′42″E / 40.73333°N 66.41167°E / 40.73333; 66.41167 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Navoiy
Aholisi
5 136 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Temirqovuq (Nurota tumani) xaritada
Temirqovuq (Nurota tumani)
Temirqovuq (Nurota tumani)
Temirqovuq (Nurota tumani) xaritada
Temirqovuq (Nurota tumani)
Temirqovuq (Nurota tumani)

Temirqovuq — Navoiy viloyati Nurota tumanida joylashgan qishloq[1][2]. Qishloq Nurota tumanidan 160 km[3], Qizilcha shaharchasidan 30 km uzoqlikda joylashgan[4].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarix fanlari doktori Abdusobir Raimqulov Temirqovuq shaklida keng tarqalgan bu kabi joy nomlarining aslida „Temir qopigʻ“ ekanini aytib, quyidagi faktlarni sanab oʻtgan:

Temir qovuqning asl nomi „Temir qapig‘“, bu qadimiy turkiycha atama bo‘lib, arab tilida „Bob al-Hadid“, fors tilida esa „Dar-i Ohanin“, mo‘g‘ul tilida „Temir qaxalqa“ deyiladi. Ularning barchasi yagona „Temir darvoza“, degan maʼnoga ega. Xuddi shunday „Temir qapig‘“ degan joy Qashqadaryo bilan Surxondaryoning chegarasida, Darband degan joyda, ikkinchisi Jizzaxga borishda Ilono‘tti darasida bor.

Infratuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgust kuni qabul qilingan „2019—2021-yillarda Navoiy viloyati Nurota tumanini kompleks rivojlantirish toʻgʻrisida“gi 645-sonli qarorga muvofiq olib borilgan ishlar natijasi oʻlaroq qishloq infratuzilmasi tubdan oʻzgargan[5]. Ushbu qarorga koʻra qishloqda quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilangan:

  • Temirqovuq qishlog‘i aholisi soni o‘sishini inobatga olib, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Temirqovuq qishlog‘i Sangzor uchastkasidan 2 dona yer osti tik qudug‘i qazish, 2 dona suv minorasi o‘rnatish va 6 km suv quvurini tortish.
  • „Suvoqova“ DUK Nurota tuman filiali balansidagi „Chashma-Ajrim“ OTB suv inshoati binosi tom qismi taʼmirtalab holga kelganligi, „Temirqovuq“ OTB suv inshootining binolari tom qismi taʼmirtalabligi va beton to‘siq devorlari qulaganligi, „Ibn Sino-1“ suv inshoati suv minorasi yaroqsiz holga kelib qolganligi hamda to‘siq devorlari qulaganligini inobatga olib, „Chashma-Ajrim“ OTB, „Temirqovuq“ OTB hamda „Ibn Sino-1“ suv inshootlarini rekonstruksiya qilish.
  • „Temirqovuq“ MFY Temirqovuq qishlog‘idagi 14 km shag‘al va 4 asaflt yo‘llarni taʼmirlash.
  • Temirqovuqdagi 32-sonli umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlash. (eshik derazalarini zamonaviy akfa romlariga almashtirish, ichki va tashqi fasadni taʼmirlash, isitish tizimini qayta taʼmirlash).
  • Tumandagi „Temirqovuq“ QOP tuman markazidan 110 — 130 km uzoqligi sababli hamda cho‘l hududi bo‘lganligini inobatga olib maxsus UAZ avtomashinasi qo‘shimcha ravishda ajratish.
  • Tumandagi „Temirqovuq“ MFY, Temirqovuq qishlog‘ida bolalar o‘smirlar sport maktabini tashkil etish hamda maʼmuriy bino qurish.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Joy nomlari qisqacha izohli lugʻati[sayt ishlamaydi]
  2. „Temirqovuq“. 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
  3. „Besh marraning start nuqtalari“. 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
  4. „Мурожаатлар ечими Навоий вилояти мисолида: Нурота туманидан лавҳалар“. 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
  5. „2019 — 2021-YILLARDA NAVOIY VILOYATINING NUROTA TUMANINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.