Telman Rajabov
Telman Rajabov | |
---|---|
Tavalludi |
15-avgust 1935-yil |
Vafoti |
12-avgust 2020-yil (84 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() |
Telman Dadayevich Rajabov (1935.15.8, Samarqand — 2020.13.8) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), fizikamat, fanlari doktori (1982), professor (1983). Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1959). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida muhandis, kichik ilmiy xodim (195965), Fizikatexnika instituti (1969-yildan Elektronika instituti)da bosh muhandis, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1966—86), Ilmiy asbobsozlik markaziy loyihalashkonstruktorlik byurosi direktori (1986—92), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti) rektori (1992—98), shu universitet krshidagi Markaziy Osiyo telekommunikatsiyalar oʻquv markazi direktori (1998—2001), oʻsha universititda kafedra mudiri (1999-yildan). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasi, vakuum texnikasi va fizikasi, plazma fizikasi, kosmik kemalar va yoʻldoshlarni faol elektrostatik muhofazalash, korroziyaga karshi krplamalar olish va maxsus ion manbalari yaratish, turli materiallar va krplamalar sirtini fizik-kimyoviy modifikatsiyalash masalalari va boshqalarga doir. R. rahbarligida xalq xoʻjaligi ehtiyojlari (meva va sabzavotlarni vakuumda sublimatsion usulda quritish, biologik preparatlarni liofil usulda quritish va boshqalar) uchun sanoat qurilmalari yaratildi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ * Modifikatsiya svoystv tonkix metallicheskix plyonok i pokritiy pod vozdeystviyem ionnogo oblucheniya; Vladivostok, 1991; Materiallar va krplamalar sirti xossalarini ion bilan nurlantirib modifikatsiyalash, T., 1993.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- 15-avgustda tugʻilganlar
- 1935-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 12-avgustda vafot etganlar
- 2020-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari