Tatarcık

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tatarcık
Halide Edib Adıvar-Tatarcık.jpg
Muallif Halide Edib Adıvar
Janr Roman
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Nashriyot Can nashrlar
Nashr etilgan sanasi 1939-yil
Sahifalar soni 264
ISBN ISBN 9750710506

TatarcıkHalide Edib Adıvar qalamiga mansub boʻlgan bir roman boʻlib, ilk bora 1939-yilda nashr etila boshlangan. Sinekli Bakkal va Zeyno'nun Oğlu romanlarining davomi sifatida yozilgan.

Kitobning mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lale kapitan Osman va Lalezar honimning yagona farzandi edi. Romanda Lale qahramonining laqabi Tatarcık boʻladi. Lale oilasi bilan Poyraz qishlogʻida, Bosforning Qora dengizga qaragan qismida yashaydi. Tatarcıkning otasi jamiyatda unchalik mashhur emas edi va Lale 13 yoshidaligida vafot etgan. Tatarcık otasiz qolib, odamlardan qochishga va ulardan ayro yashashga harakat qiladigan boʻlib qoladi. Tatarcık oʻz ichki dunyosiga qulflangan bir qizga aylangan edi. Qishloqdan ketganidan keyin oʻqib ingliz tili oʻqituvchisi boʻladi. Uning moliyaviy ahvoli yaxshilanganida, u boshqa hayot tarziga oʻtadi. Ilgari qasrlarda yashagan Istanbulliklar ham respublika davridagi ijtimoiy oʻzgarishlarga dosh berolmay, dengiz boʻyidagi ushbu qishloqqa joylashmoqda edilar. Tatarcık ushbu qishloqda istiqomat qilgan yangi odamlarga ingliz tilidan dars beradi. Keyingi yillarda Tatarcık Recep bilan unashtiriladi[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]