Ateşten Gömlek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ateşten Gömlek
Atesten Gomlek.jpg
Muallif Halide Edib Adıvar
Janr Roman
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Nashriyot Bepul nashrlar
Nashr etilgan sanasi 1922-yil iyun
ISBN ISBN 975-447-079-0

Ateşten GömlekHalide Edib Adıvar tomonidan yozilgan va 1922-yil iyun oyida nashr etilgan roman. Ushbu kitob turk adabiyotda Istiqlol urushi (Kurtuluş Savaşı) haqida yozilgan birinchi roman hisoblanadi.

Kitobning mazmuni[tahrir]

Izmirni bosib olinishi paytida eri va bolasi dushman tomonidan oʻldirilgan Ayşe, qarindoshi Peyamining yoniga Istanbulga keladi. Mayor Ihsan ham ikkalasiga qoʻshilib, Onadoʻliga koʻchib oʻtishadi, ularning maqsadi Kuvâ-yi Milliyaga xizmat qilish edi. Ayşe Eskişehir harbiy kasalxonasida va Polatli dala kasalxonasida hamshira boʻlib ishlaydi. Ayni paytda ham Peyami, ham mayor Ihsan Ayşega oshiq boʻlib qoladi. Bu sevgi ikkalasi uchun ham olov koʻylakka aylanadi. Ihsan va Ayşe frontda vafot etadilar, jarohat olgan Peyami esa Anqara Cebeci kasalxonasida „olov koʻylak“ deb nomlagan xotiralarini yozib tugatadi va boshidan oʻqni olib tashlash uchun boʻlgan operatsiyada vafot etadi[1].

Manbalar[tahrir]