Taras Bulba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Taras Bulba
Тарас Бульба
Тарас Бульба.jpg
„Taras Bulba“ rus markasida
Muallif Nikolay Gogol
Janr qissa
Til rus
Nashr qilingan yil 1835
Nashriyot OʻzSSR Taʼlim va pedagogika nashriyoti
Nashr etilgan 1952
Sahifalar soni 124

„Taras Bulba“ (rus. Тарас Бульба) — rus yozuvchisi Nikolay Gogol qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1835-yil muallifning „Mirgorod“ qissalar toʻplamida chop etilgan.

Qissada zaporojyelik kazak Taras Bulba va uning oʻgʻillari Ostap va Andriyning polyaklarga qarshi kurashdagi ishtiroki haqida hikoya qilinadi. Asar tarixiy hodisalarga asoslanib yozilgan. Qissa bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Syujet[tahrir]

Qissaning asosiy qahramonlari zaporojyelik kazak Taras Bulba va uning oʻgʻli Ostap va Andriydir. Oʻgʻillar Kiyev akademiyasida tahsil olib, uyga qaytib kelishadi. Soʻngra ota va ikki oʻgʻil zaporojyelik kazaklar markazi Sechga otlanadilar.

Sechda qahramonlar boshqa kazaklarga qoʻshilib, polyaklarga qarshi jang qiladilar. Oʻqishda polyak qizni sevib qolgan Andriy sevgilisi oldiga borib, polyaklar safiga qoʻshiladi. Bundan jahli chiqqan ota janglarning birida oʻgʻlini oʻldiradi. Ostapni esa polyaklar asir olib, dorga osadi. Janglarning birida Taras Bulbani ham asir olib, qatl etishadi.

Qahramonlar[tahrir]

  • Taras Bulba – zaporojyelik kazak
  • Ostap – Taras Bulbaning katta oʻgʻli
  • Andriy – Taras Bulbaning kichik oʻgʻli
  • Nikolay Pototskiy – polyak siyosatchisi va harbiy yetakchisi

Oʻzbekcha tarjima[tahrir]

Asar oʻzbek tilida bir necha marta nashr qilingan. Ilk bor 1952-yil Toshkent shahrida OʻzSSR Taʼlim va pedagogika nashriyotida chop etilgan.[1] Oʻzbek maktablari uchun moʻljallangan ushbu nashrda ruscha-oʻzbekcha lugʻat keltirilgan.

Qissa 1976-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida qayta chop etilgan. Mazkur nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Nabi Alimuhamedov – tarjimon, A. Shomirzayev – muharrir, I. Kart – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, T. Gulak – texnik muharrir, M. Toirov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Manbalar[tahrir]

  1. Taras Bulba. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 04.11.2016.

Havolalar[tahrir]