Tan Yang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tan Yang
谈杨
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tan Yang
Tavallud sanasi 9-yanvar 1989-yil (1989-01-09) (35 yosh)
Tavallud joyi Wuhan, Hubei, Xitoy
Boʻyi 1.96 m (6 ft 5 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2008 Zhejiang Greentown
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2013 Hangzhou Greentown 24 (3)
2012—2013Hebei Zhongji (Ijara) 17 (6)
2013—2015 Mafra 17 (3)
2014Farense (Ijara) 24 (5)
2015Hebei Zhongji (Ijara) 6 (0)
2016—2021 Zhejiang 77 (9)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Xitoy 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2011-yil 14-fevral uchun)

Tan Yang (talaffuzi: Tan Yan) (1989-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik sobiq futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tan Yang futbolchilik faoliyatini 2003-yilda Zhejiang Greentown yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2007-yilning fevralida Liga 1 jamoasi Sosho bilan qisqa sinovdan oʻtgan[1]. U klubdagi debyutini 2008-yil 5-aprel kuni Qingdao Jonunga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan[2]. Koʻpincha zahiradan maydonga tushgan, u mavsum davomida ligada ikkita gol urgan, debyut golini 2008-yilning 12-noyabrida Changchun Yataiga qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan[3]. Hangzhoudagi bir necha mavsumdan soʻng u jamoada barqaror oʻyinini saqlab qola olmagan va 2011-yilgi mavsum oxirida klub tomonidan qoʻyib yuborilgan. 2012-yilgi mavsumning yarmida Hangzhou Tanni qaytarishga qaror qilgan va tez orada uni uchinchi diviziondagi Hebei Zhongji klubiga ijaraga bergan[4]. Tan 2013-yil yanvarida Hebeiga doimiy shartnoma asosida o‘tgan.

Tan 2013-yilning 24-iyulida Campeonato Nacional de Seniores jamoasi CD Mafra bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2013-yilning 25-avgustida u „Atletiko Riachense“ga qarshi o‘yinda (2:0) o‘z jamoasi uchun ilk golini kiritgan[5]. 2014-yilning 1-iyulida Tan Segunda Liga vakili SC Farensega oʻtgan. U klub safidagi ilk uchrashuvini 2014-yilning 16-noyabrida „Desportivo Aves“ga qarshi o‘yinda (2:2) o‘tkazgan va shu o‘yinda klubdagi ilk golini ham urgan. 2015-yilning 26-iyunida Tan Xitoyning birinchi ligasi vakili „Hebei Zhongji“ga ijaraga berilgan.

2016-yil 3-yanvarda Tan Hangzhou Greentownga qaytgan. U 2016-yilning 30-aprelida Henan Jianyega qarshi 1:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan liga o‘yinida debyut qilgan[6]. Buning ortidan uning klub uchun 2016-yil 25-iyun kuni Hebei China Fortune FCga qarshi o‘yinida jamoadagi birinchi golini kiritgan[7].

Tan 2021-yilgi mavsumdan keyin professional futboldan ketgan[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tan Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi o‘yinda (3:1) o‘tkazgan va zahiradan Qu Bo o‘rniga maydonga tushgan[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hangzhou Greentown 2008 Xitoy Super Ligasi 7 2 - - - 7 2
2009 9 0 - - - 9 0
2010 5 1 - - - 5 1
2011 3 0 0 0 1 0 - 4 0
Jami 24 3 0 0 1 0 0 0 25 3
Hebei Zhongji (Ijara) 2012 Xitoy ikkinchi Ligasi 11 6 0 0 - - 11 6
2013 6 0 1 0 - - 7 0
Jami 17 6 1 0 0 0 0 0 18 6
Mafra 2013—2014 Portugaliya chempionati 17 3 3 1 - - 20 4
Farense (Ijara) 2013—2014 Segunda Liga 24 5 0 0 - - 24 5
Hebei Zhongji (Ijara) 2015 Xitoy Birinchi Ligasi 6 0 1 0 - - 7 0
Hangzhou Greentown 2016 Xitoy Super Ligasi 18 2 1 0 - - 19 2
2017 Xitoy Birinchi Ligasi 8 1 1 0 - - 9 1
2018 19 1 1 0 - - 20 1
2019 19 3 1 1 - - 20 4
2020 13 2 0 0 - 0 0 13 2
Jami 77 9 4 1 0 0 0 0 81 10
Karyerada jami 165 26 9 2 1 0 0 0 175 28

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „记者专访:国青小将谈杨试训法甲索肖收获颇多“. news.xinhuanet.com (2007-yil 27-fevral). 2013-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
  2. „任意球成梦魇 浙江0-2负青岛遇两连败 视频 评“. sports.sohu.com (2008-yil 5-aprel). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
  3. „谈杨处子秀破门 长春2-2浙江亚冠梦碎 视频 评“. sports.sohu.com (2008-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
  4. „"空霸"谈扬加盟中基“. he.xinhuanet.com (2012-yil 12-iyul). 2013-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
  5. „At. Riachense 0:2 Mafra“. footballzz.co.uk (2013-yil 25-avgust). Qaraldi: 2013-yil 29-avgust.
  6. „China » Super League 2016 » 7. Round » Henan Jianye - Hangzhou Greentown 1:0“. worldfootball.net (2016-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.
  7. „China » Super League 2016 » 14. Round » Hangzhou Greentown - Hebei China Fortune FC 1:0“. worldfootball.net (2016-yil 25-iyun). Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.
  8. „浙江队谈杨、吴昊一、李微、孙昊晟退役,转型教练“. Dongqiudi (2022-yil 15-aprel). Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.
  9. „国足3-1巴勒斯坦 曲波郜林进球杨智红牌 图 评“. sports.sohu.com (2009-yil 18-iyul). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.